Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2025   |   7 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:26
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
28 Noyabr, 2025, 7 Jumadul soni, 1447

“Ramazon – Kur’on oyi” Fotiha surasi fazilatlari

25.04.2020   5200   2 min.
“Ramazon – Kur’on oyi” Fotiha surasi fazilatlari

 

Fotiha surasi yetti oyatdan, yigirma yetti so‘z va bir yuz qirq harfdan iboratdir. Ibn Abbos, Qatoda va Abul Oliya Fotiha surasi Makkada nozil bo‘lgan, deydi. Fotiha surasining nomi ko‘pligi uning sharafi va fazlining yuqoriligiga dalildir. Fotiha surasi bilan namozning har bir rakati avvalida o‘qilishi va Qur’oni karim u bilan boshlangani uchun “Fotiha” (ochuvchi) deb nomlanadi.

Anas, Hasan va Ibn Sirin bu surani “Ummul Kitob”, ya’ni Kitob (Qur’on) onasi deyishgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Alhamdu lillahi Robbil alamiyn Qur’onning onasidir, Kitobning onasidir va yetti takrorlanuvchidir, dedilar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu sura “Shifo” deb ham nomlangan. Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: “Fotihatul Kitob – har bir zaharga shifodir”, deyilgan (Imom Dorimiy rivoyati).

Bu sura “Ruqiya” deb ham nomlanadi. So‘fyon ibn Uyayna Fotihani “Voqiya”, Yahyo ibn Abi Kasir esa “Kofiya” degan.  Yana u “Namoz va xazina” ham deyiladi. Bu haqda Imom Zamaxshariy “Kashshof” tafsirida keltirgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Fotihatul Kitob – Arshimning xazinalaridan bir xazinadir”».

Sa’id ibn Jubayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ibn Abbosdan roziyallohu anxudan: “Va, batahqiq, senga yetti takrorlanuvchi (yetti oyatli Fotiha surasi)ni va Buyuk Qur’onni berdik” oyati haqida so‘radim.

Ibn Abbos roziyallohu anhu: “U Qur’onning onasi. Alloh azza va jalla Rasululloh sollallohu alay hi vasallam ummati uchun xoslab, ular uchun saqlab qo‘ygan va ularga bergan. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan oldin hech kimga bermagan” deb javob berdi (Imom Hokim rivoyati).

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mir Arab oliy madrasasi talabasi grant sohibi bo‘ldi

27.11.2025   2664   1 min.
Mir Arab oliy madrasasi talabasi grant sohibi bo‘ldi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Xushnudbek.uz  telegram platformasida talabalar o‘rtasida umumiy qiymati 400 million so‘mlik ta’lim granti tanlovi e’lon qilingan edi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – ta’limga investitsiya kiritish, iqtidorli, bilimga chanqoq va maqsadli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajakdagi ta’lim hamda kasbiy rivojlanishiga ko‘mak berishga qaratilgan.

Tanlovda respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan 3000 dan ortiq iqtidorli talabalari qatnashdi. Quvonarlisi, mazkur loyiha doirasida Mir Arab oliy madrasasining 2-bosqich talabasi Dilshod Norboyev ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ta’lim grantini sohibi bo‘ldi. Bu yutuq uning mehnatsevarligi, izlanishlari va ilmga bo‘lgan yuksak intilishining amaliy natijasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati