Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Noyabr, 2025   |   26 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:51
Quyosh
07:13
Peshin
12:13
Asr
15:21
Shom
17:06
Xufton
18:22
Bismillah
17 Noyabr, 2025, 26 Jumadul avval, 1447

Fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

23.04.2020   10335   2 min.
Fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Bismillahir rohmanir rohim

Ma’lumki, fitr sadaqasi moli zakot nisobiga yetgan musulmon kishi tomonidan miskinlarga berilishi vojib bo‘lgan sadaqa bo‘lib, uni hozirgi sharoitdan kelib chiqib, Ramazon oyi davomida berish maqsadga muvofiqdir.

Fitr sadaqasi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarida bayon etilgan quyidagi to‘rt narsaning qiymati barobarida chiqariladi. Ular: bug‘doydan yarim so’, arpadan bir so’, mayizdan yarim so’ va xurmodan bir so’dir. Bir so’ taqriban (≈) 4 kilogrammga teng.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg. bug‘doy o‘rtacha to‘rt ming so‘m, 1 kg. arpa o‘rtacha uch ming so‘m, 1 kg. mayiz o‘rtacha o‘ttiz besh ming so‘m va 1 kg. xurmo o‘rtacha o‘ttiz ming so‘m ekani ma’lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, 2020 yil (1441 h.) uchun FITR sadaqasining miqdori:
≈ 2 kilogramm bug‘doy 8 000 (sakkiz ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm arpa 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
≈ 2 kilogramm mayiz 70 000 (yetmish ming) so‘m;
≈ 4 kilogramm xurmo 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m deb belgilansin.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi FIDYA miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati 20 000 (yigirma ming) so‘m, deb belgilansin!

Eslatma: Mazkur fitr sadaqasining qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Muskat yong‘og‘ini iste’mol qilish mumkinmi?

14.11.2025   3028   1 min.
Muskat yong‘og‘ini iste’mol qilish mumkinmi?

Savol: Muskat yong‘og‘ini davo uchun iste’mol qilish mumkinmi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Soha mutaxassislari muskat yong‘og‘i tarkibida insonni mast qiluvchi modda bor ekanini ta’kidlaydilar. Shu tufayli fuqaholar mazkur mevani mast bo‘lish maqsadida iste’mol qilishni harom sanaydilar. Ammo davo maqsadida mast qilmaydigan darajada oz miqdorda iste’mol qilish yoki taomga qo‘shishni joiz, deyishgan. Vallohu a’lam


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.