1-chi maqolani davomi
Masjidun Nabaviyni kengaytirish va ta’mirlash ishlari:
Usmoniy xalifalardan bo‘lgan sulton Mahmud II milodiy 1813 – yilda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hujralari ustiga qo‘rg‘oshindan yangi qubba qurdirdi va uni yashil rangga bo‘yatdi.
Hijriy 1277 – yilda (milodiy 1861) masjid qurilishi o‘z nihoyasiga yetdi. Masjidga umimiy 1293 m2 maydon qo‘shildi. Masjidning umumiy maydoni 10303 m2 ga yetdi. Eshiklar soni 5 taga, minoralar soni 5 taga yetkazildi. Hijriy 1326 – yilda Masjidun Nabaviy to‘liq elektirlashtirildi. Bu islom olamidagi birinchi to‘liq elektirlashtirilgan inshoot bo‘ldi.
Shayxontohur tumani “Eshon
Boboxon” jome masjidi imom
noibi Abdulahadov Abdulmo‘min
[1] Sulton Abdulmajid I ibn Sulton Mahmud II. Hijriy 1238 – yil (milodiy 1823 – yil) tug‘ilgan. Hijriy 1255 – yilda (milodiy 1839 – yil) sulton bo‘lgan. Hijriy 1277 – yilda (milodiy 1861 – yil) vafot etgan.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Cafarga chiquvchilarning haqqiga duo qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan sanaladi. U zot alayhissalom:
أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِيْنَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ
“Astavdi’ulloha diynaka va amaanataka va xavotiyma amalika”, deb sahobalarni safarga kuzatar edilar.
Ma’nosi: “Diningizni, omonatingizni va amallaringiz xotimasini Allohga topshiraman”.
Hojilarni kuzatishda quyidagi duolarni qilish tavsiya etiladi:
1. Allohim, hojilarning safarlarini oson qilgin. Ularni Senga topshirdik.
2. Allohim, hojilarni safarlari davomida har qanday balo va yomonliklardan asragin hamda oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytargin.
3. Allohim, hojilarning duo, ibodatlarini va qalblaridagi barcha shar’iy niyat hamda maqsadlarini ijobat etgin. Gunohlarini mag‘firat, tavbalarini qabul qilgin.
4. Allohim, hojilarning ibodatlarini O‘zing uchun xolis qilingan amallar qatorida qabul aylagin.
Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!
Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohlaringiz mag‘fur bo‘lsin!
Davron NURMUHAMMAD