Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

“Imom Buxoriyga munosib avlod bo‘lamiz” shiori ostida hadis musobaqasi bo‘lib o‘tdi

28.02.2020   2143   1 min.
“Imom Buxoriyga munosib avlod bo‘lamiz” shiori ostida hadis musobaqasi bo‘lib o‘tdi

27 fevral kuni “Hadis va islom tarixi” fanlari kafedrasi tomonidan TII dagi 3 kurs talabalari o‘rtasida hadis musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi shartlar qo‘yildi.

  • Muhaddislar hayoti va asarlari haqida;
  • Mustalahul hadis bo‘yicha;
  • Biletlardagi avvalgi qismi berilgan arabcha hadislarni yoddan davom etdirish;
  • Sahna ko‘rinish.

Har bir shart bo‘yicha hakamlar hay’ati guruh ishtirokchilarining bergan javoblarini 10 balldan 50 ballgacha baholash tizimi asosida baholab bordi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholab, tanlov yakunida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan g‘olib guruhlar va sovrindorlar nomini e’lon qildi:

I o‘rin Buxoriy avlodlari

II o‘rin Temiziy avlodlari

III o‘rin Dorimiy avlodlari

Shuningdek, tanlovda ta’lim muassasi talabalaridan Umariddin Muhammad ibn Fattohning “Manzumatul Bayquniya” baytini yod olgan va viktarina savollariga javob berganlarga ham qimmatbaho sovg‘alar berildi. Yakunida katta ustozlardan M. Sayidaliyev va F. Mamanosirov va boshqa ustozlar talabalarga muhaddislar hayoti va asarlarini yanada chuqur o‘rganish va undagi ezgu g‘oyalarni hayot tarziga aylantish kerakligi haqida o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirdi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

TII matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

04.06.2025   12760   1 min.
Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.

Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".

O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.


2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.


3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.


4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.


5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD