Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Jumodal avval oylarida yuz bergan tarixiy voqealar

09.01.2020   6347   3 min.
Jumodal avval oylarida yuz bergan tarixiy voqealar

Hijratdan avvalgi 45 yiljumodul avval oyi (mil. 579 yil, aprel boshi)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sakkiz yoshu ikki oyu o‘n kunlik bo‘lganlarida bobolari Abdulmuttalib Makkada vafot etdi;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tug‘ishgan amakilari Abu Tolib o‘z kafolatiga oldi.

Hijriy 4 yil, jumodul avval oyi (yoki rabi’us soniy mil. 625 yil sentyabr-oktyabr)

– Najd g‘azoti bo‘ldi.

Hijriy 6 yil, jumodul avval oyi (yoki rabi’ul avval / mil. 627 yil sentyabr-oktyabr yoki iyul-avgust)

– Bani Lihyon g‘azoti bo‘ldi.

Hijriy 6 yil, jumodul avval oyi (mil. 627 yil sentyabr-oktyabr)

– Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu sariyasi bo‘ldi;

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning katta kuyovlari Abul Os roziyallohu anhu (Zaynab roziyallohu anhoning eri) musulmon bo‘ldi.

Hijriy 7 yil, 10 jumodul avval, seshanba kechasi (mil. 628 yil 13 sentyabr)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kecha Fors hukmdori Kisroning o‘g‘li Sheravayh o‘z otasini o‘ldirib, taxtini qo‘lga kiritganini vahiy orqali bilib, ertasiga bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni maktub yuborganlari uchun Kisroning huzuriga olib borish vazifasi bilan Madinaga kelgan Yaman hokimi Bozonning ikki elchisiga aytdilar.

Hijriy 8 yil, jumodul avval oyi (mil. 629 yil avgust-sentyabr)

– Mu’ta jangi bo‘ldi.

– ushbu jangdan keyin shu paytgacha musulmonlarga qarshi xuruj qilishda davom etib kelayotgan Bani Sulaym, Bani Ashja’, Bani G‘atafon, Bani Zubyon, Bani Fazora va boshqa arab qabilalari musulmon bo‘lishdi.

Hijriy 9 yil, jumodul avval oyi (mil. 630 yil avgust-sentyabr)

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishtirok etgan oxirgi g‘azot – Tabuk g‘azoti bo‘ldi;

– Ayla hokimi, Jarbo, Azruh va Miyno ahllari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan sulhga erishishdi va jizya to‘lashdi (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga omonlik xati yozdirib berdilar);

– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Valid roziyallohu anhuni 420 otliq bilan Duvmatul Jandal hokimi Ukaydir huzuriga yubordilar. So‘ng u bilan sulh tuzib, unga ham omonlik xati yozdirib berdilar;

– Tabuk g‘azotidan qaytayotganlarida munofiqlardan o‘n ikkitasi bir tor dara ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga suiqasd uyushtirishdi.

Hijriy 13 yil, jumodul avval oyi (mil. 634 yil iyul)

– Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu oltmish uch yoshida vafot etgan.

Hijriy 193 yil, jumodul avval oyi (mil. 809 yil fevral-mart)

– imom Osim rahmatullohi alayhning eng mashhur roviysi Qur’oni karimni o‘n sakkiz ming marta xatm qilgan Abu Bakr Shu’ba ibn Ayyosh rahmatullohi alayh vafot etgan...

 

Abdul Azim Ziyouddin tayyorladi

Manba: http://siyrat.uz/maqola/1849

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Chumoli saqlagan don mo‘jizasi

07.07.2025   788   1 min.
Chumoli saqlagan don mo‘jizasi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Nima uchun chumoli yer ostiga to‘plab qo‘ygan donlar yerdan o‘sib chiqmaydi?!

Olimlar tadqiqot olib borishlaricha, chumoli o‘ziga kerakli bo‘lgan don va urug‘larni yer ostiga to‘plab, jamg‘arganidan keyin uni ikkiga bo‘lib qo‘yadi. Chunki don va urug‘lik ikkiga bo‘lib qo‘yilsa, har qancha yer unumdor bo‘lmasin, u o‘sib chiqmaydi.

Lekin chumoli kashnich donini to‘rt bo‘lakka bo‘lganini ko‘rgach, olimlar taajjubga tushishdi. 

Bu xususda kerakli tadqiqot olib borgach, quyidagi narsani kashf qildilar. Kashnich doni agar ikkiga bo‘linsa ham o‘sib chiqaverar ekan.

Lekin to‘rt bo‘lakka bo‘linsa o‘sib chiqmas ekan. Chumoliga bu narsani ta’lim bergan Alloh har qanday ayb nuqsonlardan pokdir.

"Parvardigorimiz barcha narsaga o‘z xilqati (shakli)ni ato etib, so‘ngra (uni) to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ygan Zotdir" (Toha surasi, 50-oyat).