Qur’onni o‘qib, ma’nolarini tushunish uchun Tafsiri Hilol, Tafsiri Irfonni o‘qib, o‘sha ma’nolar haqida tafakkur qilgan insonning qalbi yaxshi tomonga tez o‘zgaradi.
Tafakkur qilib, qalbida o‘sha ma’no jo bo‘lgandan keyin o‘sha oyatlarning tilovatini ko‘zni yumib eshitilsa, katta o‘zgarish bo‘ladi.
Salafi solihlarimiz Ramazon oyi kelsa, barcha ishlarini to‘xtatib, Qur’onni o‘qishga, o‘qitishga, oyatlari ustida tafakkur, tadabbur qilishga kirishar ekanlar.
Yunus ibn Yazid aytadi: “Ibn Shihob Zuhriy Ramazon oyi kirsa, “Bu oy Qur’on tilovati va taom ulashish oyidir” derdilar”.
Zubayd Yomiy Ramazon oyi kelsa, Mus'hafni olib kelar (ya’ni Qur’onni tilovat qilishga astoydil kirishar) va do‘stlarini ham shu ishga jamlardilar.
Sa’id ibn Jubayr rahimahulloh har ikki kechada Qur’onni xatm qilardilar.
Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh Ramazon oyida kunduzi bir xatm, har uch kunda taroveh namozidan keyin yana bir xatm qilar edilar.
Ha, ulug‘larimiz Ramazon oyida Qur’oni Karimga ana shunday muomalada bo‘lardilar. Biz ham Qur’on oyida Qur’onni ko‘proq o‘qiylik, oyatlarining ma’nosi borasida tafakkur qilib, qalbimizni poklashga urinaylik!
Alloh taoloning O‘zi bu borada barchamizga madad bersin!
Nozimjon Iminjonov tayyorladi
Temurbek, to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul 1336 yil, 9 aprel Shahrisabz, Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan va 1405 yil 18 fevral Xitoyga yurishi chog‘ida O‘tror shahrida vafot etgan.
Temur buyuk va qudratli imperiya barpo etdi. 15 asr boshlarida uning hududi G‘arbda Armanistondan to Sharqda Hindistongacha, shimolda Kavkaz va Orol dengizidan janubda Fors qo‘ltig‘igacha yetdi.
Oltin O‘rdani zabt etish orqali Temur, Yevropaga olib boradigan asosiy karvon yo‘li, Buyuk Ipak yo‘lini Samarqand orqali o‘tishiga erishdi.
U Samarqandni beqiyos me’morchilik obidalariga to‘ldirdi, shaharda dunyoga mashhur allomalar va shoirlar yashab ijod etdilar.
Amir Temur din rahnomasi va Qur’on hofizi edi.
Hayotligi chog‘idayoq saltanatini o‘g‘illari va nabiralariga taqsimlab berdi. Temuriylar sulolasi vakili Mirzo Ulug‘bek Samarqand amiri edi, biroq u amir sifatida emas, o‘rta asrlarning eng buyuk astronomi sifatida shuhrat topdi.