Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Mart, 2026   |   11 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:48
Quyosh
06:08
Peshin
12:32
Asr
16:55
Shom
18:51
Xufton
20:04
Bismillah
31 Mart, 2026, 11 Shavvol, 1447

Toshkent shahridagi 20 may kunidagi xatmonalar

20.05.2019   35685   2 min.
Toshkent shahridagi 20 may kunidagi xatmonalar

Iymonli kishilarning butun borlig‘ini muborak Ramazon oyining shukuhi to‘la qamragan onlar. Masjidlarimizda Allohning muqaddas Kalomi xatm qilinmoqda. Qalblari Qur’onga tashna mo‘minlar jomelarda qoim bo‘lib, ilohiy kalomga some’ bo‘lmoqdalar.

Bugun 20 May, Muborak Ramazon oyining mag‘firat dahasi, 15-kunlaridir. Toshkent shahridagi bir necha jome masjidlarda bu kecha Qur’oni Karim xatmonasi ya’ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi.

Bugun 20.05.2019 sanasida Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarda Qur’oni Karim xatmonasi yakuniga yetadi:

  1. “Ahmadjon qori”jome masjidi. (Manzil: Olmazor  tumani, Olimpiya mavzei, Muxbir ko‘chasi 15-uy. Telefon: +99871 227-83-01, +90 350-13-99)

Qorilar: Abdumajidov Hasanxon, Zabixullayev Abdurazzoq, Tojiddinov Nurulloh

  1. “Do‘stjonboy” jome masjidi. (Olmazor tumani, Paxta mahallasi, Sag‘bon ko‘chasi 9-uy. Telefon: +99871 229 73 69, +90 355-06-99)

Qorilar: Boborahimov Fazliddin, Salohiddinov Nuriddin

  1. Ibrohim otajome masjidi. (Olmazor tumani, Ibrohim Ota ko‘chasi 20-uy. Telefon: +93 532-27-50, +94 604-54-88)

Qorilar: Saidov Hudoyberdi, Shodmonov Sirojiddin, Saydullayev Nurulloh, To‘raqulov Ibrohim

  1. “Alibek”jome masjidi. (Manzil: Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi 1-uy. Tel.:+91 165-40-56, +93 554-57-33)

Qorilar: Normatov Najmiddin,  Murodullo o‘g‘li Zikrullo

  1. Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘jajome masjidi. (Mirobod tumani, Fayzobod 1-tor ko‘chasi 26-uy. Telefon: +93 506-67-29)

Qorilar: Shukrullayev Muxammad Boburxon, Shukrullayev Muxammad Alixon, Shukurullayev Omilxon 

  1. “Ko‘kcha oqtepa”jome masjidi. (Manzil: Uchtepa tumani, Shula ko‘chasi,12-uy.  Tel.:+71 271 44 98, +91 137-84-66)

Qorilar: To‘rayev Muhammad,  Iminov Omadbek 

7. “Labizax”jome masjidi. (Uchtepa tumani, “Xurshid” mahallasi, Atoiy 2-tor ko‘chasi 1-uy.  Tel.:+998 93 490-88-85, +97 470-70-11)

Qorilar: Axunjanov Dovud, G‘ofurjonov Ismoil. 

Xatmi Qur’ondan keyingi duolar mustajobdir. Ramazonning eng barakotli onlarini qo‘ldan boy bermang, azizlar!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi

 

 

 

Ramazon-2019
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Zamonaviy johiliyatning jinoyati

31.03.2026   361   1 min.
Zamonaviy johiliyatning jinoyati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Zamonaviy johiliyat – 20-asr johiliyati – qadimgi johiliyatdan qolgan ba’zi bir narsalarni tiriltirishga kiroshmoqda. Insonlarni rizq borasida qo‘rqitish va ularni bolalarini (abort) oldirish - bundan maqsad bolalari ular bilan birga taom yeyishlaridan qo‘rqishlari - buning yaqqol misolidir.

Ammo, musulmonlar Alloh taoloning va’dasini unutmay, Uning O‘zi rizq beruvchi Zot ekaniga xotirjam bo‘ldilar.

Tabuk g‘azotida og‘ir ahvoldagi qo‘shinni ta’minlash paytida sahobalar mollarini infoq qilishda musobaqa qildilar. Hazrat Umar roziyallohu anhu molining yarmini keltirdilar, Hazrat Abu Bakr roziyallohu anhu esa, molining hammasini keltirdilar shunda, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam Hazrat Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Ahling va farzandlaringa nimani qoldirding?" dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: "Ularga Alloh va uning Rasulini qoldirdim!" dedilar.

Yusuf Qarazoviy rahimahullohning
"Tavakkul" kitobidan Yahyo domla ABDURAHMONOV tarjimasi

Maqolalar