Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Matonatli va qat’iyatli inson edi

30.01.2019   3571   5 min.
Matonatli va qat’iyatli inson edi

Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston asoschisi, buyuk davlat  arbobi, o‘zbek xalqining ardoqli farzandi edi. U mamlakatimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tiklagan.

Shu kunlarda mustaqilligimiz asoschisi bo‘lgan O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mana shunday damlarda birinchi Prezidentimizning bevosita rahnamoligi va rahbarligi ostida amalga oshirilgan eng muhim ishlar va erishilgan yutuqlarni yodga olish o‘rinlidir.

Birinchi Prezidentimiz “Alloh qalbimizda, yuragimizda”, deb doim baralla aytadigan, “Muqaddas Islom dini qon-qonimizga, ongu shuurimizga shu qadar singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi!” deya mudom ta’kidlaydigan musulmon sifatida Islom dini ravnaqi yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, 1989 yili – hali sobiq mustabid tuzum paytidayoq mamlakatning birinchi rahbari Islom Karimovning qat’iy topshirig‘i bilan muqaddas Qur’oni karim oyatlari ma’nolari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ko‘p ming nashr etildi. Shu tariqa xalqimiz asrlar osha e’tiqod qilib kelgan Islom dinining birlamchi manbaini o‘z ona tilida o‘qishga, ma’nolarini tafakkur qilishga muyassar bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq muborak Ramazon va Qurbon hayitlari umumxalq bayrami va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Musulmonlar ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi: yangi masjidlar, madrasalar qurildi, mavjudlari qayta ta’mirlandi, ko‘plari qaytadan barpo etildi. Har yili minglab yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etish baxtiga musharraf bo‘lishdi.

Shuningdek, ulug‘ ajdodlarimizning hoki poklari mangu qo‘nim topgan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy kabi qadamjolar obod etilib, ularning ma’naviy meroslari xalqimizga yetkazildi.

Shu kunlarda barchamiz Birinchi Prezidentimizning mana shunday ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ulkan tarixiy xizmatlarini eslamoqdamiz. U kishi abadiy qo‘nim topgan Samarqanddagi “Hazrati Xizr” majmuasi esa uzoq-yaqindan kelayotgan ziyoratchilar bilan gavjum.

Muborak dinimiz ta’limotlarida inson vafot etganidan so‘ng uning savob va gunoh amallari yozib turiladigan hisob-kitob daftari Alloh taoloning amri bilan yopilishi haqida aytilgan. Ammo uch tur amal borki, ularning savobi uzluksiz ravishda yozilib turadi, Alloh uni qiyomat kunigacha bardavom qilib qo‘yadi. Hadisi sharifda:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Inson dunyodan o‘tganida uning barcha amallari to‘xtaydi, ammo uch amali borki, ular hargiz to‘xtamaydi. Bu amallar – sadaqai joriya, manfaatli ilm hamda solih farzand” (Imom Buxoriy).

Rahmatli Yurtboshimiz mana shunday ishlarga alohida e’tibor qaratdilar va bu borada sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydigan savobli ishlarni amalga oshirdilar.

Shu kunlarda Birinchi Prezidentimiz tavalludining 81 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Davlatimiz rahbari, muhtaram Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 noyabrda qabul qilingan qarorlari asosida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tuzildi. Toshkent davlat texnika universiteti, Asaka shahridagi avtomobil zavodi, Farg‘ona shahridagi San’at saroyi, Toshkent xalqaro aeroporti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi.

Birinchi Prezidentimiz dafn qilingan Samarqand shahridagi Hazrati Xizr majmuasi yonida ulug‘vor maqbara bunyod etildi. Bu yodgorlik yurtdoshlarimiz qadami uzilmaydigan muqaddas ziyoratgohga, yoshlar uchun katta tarbiya maskaniga aylandi. 

Zero, hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “O‘tganlaringizning yaxshi sifat va yaxshi amallarini eslangiz”. Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi tashkilotlar, diniy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlarida ham Birinchi Prezidentimiz tavallud sanalariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, viloyatlarda o‘tkazilayotgan ehson dasturxonlarida imom-xatiblar tomonidan Qur’oni karim oyatlaridan tilovat qilinishi, Birinchi Prezidentimiz haqlariga duoi xayrlar qilinishi, u kishining savobli ishlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga suhbat qilib berish ishlari olib borilmoqda.

Islom dini boqiy manzil sari otlangan insonning haqqiga xayrli duolar qilishni o‘rgatadi. Shunday ekan, oxirat diyoriga safar qilgan rahmatli Yurtboshimiz oldidagi fuqarolik, vatandoshlik, insonlik burchimiz o‘laroq, U kishining haqlariga Alloh taolodan rahmatu mag‘firat so‘rab, duolar qilamiz: Yaratgan Parvardigoro! Vatanimiz istiqloli, yurt farovonligi uchun qayg‘urib, shu yo‘lga umrini baxshida etgan, xalqini, elini to‘g‘ri yo‘ldan boshlab borgan Birinchi Prezidentimizni mag‘firatingga olgin, rahmatingga burkagin, borgan manzilini, yotgan makonini huzur-halovat maskani qilgin! Umri davomida qilgan barcha yaxshi ishlari, sa’y-harakatlarini sadaqai joriya o‘laroq o‘zlariga hamroh aylab, ajru mukofotlar bilan siylagin!

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

21.07.2025   2488   1 min.
Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).


Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi. 


Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.


Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.


Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.