Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Avgust, 2025   |   28 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:14
Quyosh
05:39
Peshin
12:31
Asr
17:13
Shom
19:16
Xufton
20:34
Bismillah
22 Avgust, 2025, 28 Safar, 1447

Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish fazilati

17.10.2018   17577   1 min.
Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish fazilati

Abdulloh ibn Amr rozianllohu anhu: “Kim Nabiy sallolohu alayhi vassallamga bitta  salovat aytsa, Alloh taolo va uning farishtalari unga yetmishta salovat aytishadi”, dedilar. (Ahmad rivoyat qilgan).

Nabiy sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish fazilati va savobli amaldir. U zotga salovat aytish haqida Alloh Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan: Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovat ayturlar. Ey mo‘minlar (sizlar ham) unga salovat va salom aytingiz! (Azhob surasi 56-oyat).

Anas ibn Malik rozianllohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallolohu alayhi vassallam: “Kim menga bitta salovat aytadi, Alloh uning o‘nta gunog‘i o‘chiriladi va u uchun o‘nta daraja ko‘tariladi”, dedilar.

Ibn Mas’ud rozianllohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallolohu alayhi vassallam: “Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqinrog‘i, ularning menga ko‘p salovat aytganlaridir”, dedilar. (Termiziy rivoyati).

Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga salovat aytish qalbni munavvar qiladigan, duolar ijobat bo‘lib, amal daftariga ko‘plab savoblar bitilishiga sabab bo‘ladigan go‘zal ibodatdir. Alloh barchamizni Rasululloh sallolohu alayhi vassallamga ko‘p salovat aytishga qodir qilsin. Amin.

 

“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi

Oybek Ma’rupov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul

21.08.2025   2207   1 min.
Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul

#Umra_2025 #Haj_umra_markazi

 Ayni paytda “Umra – 2025/2026” mavsumining ilk guruh ziyoratchilari muborak diyorda ibodat va ziyoratlar bilan mashg‘ul bo‘lmoqda.  

 Xususan, hamyurtlarimiz ixlos va zavq ila umra amalining tavof va sa’ylarini ado etdilar. 

Shuningdek, Makka shahridagi Arafot, Nur, Savr tog‘lari hamda Mino, Muzdalifa vodiylarini ziyorat qildilar. 

Alloh taolo hamyurtlarimizning ibodat va duolarini qabul qilsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Matbuot xizmati

Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul Hamyurtlarimiz muqaddas makonda ibodat va ziyorat bilan mashg‘ul
O'zbekiston yangiliklari