Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Iyun, 2025   |   5 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:53
Peshin
12:27
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
30 Iyun, 2025, 5 Muharram, 1447

Hindiston (Bharat)

28.09.2018   6405   13 min.
Hindiston (Bharat)

Hindiston Respublikasi – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga 3214 chaqirim, g‘arbdan sharqqa 2933 chaqirimga cho‘zilgan. Shimoldan Himolay tog‘lari, g‘arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo‘ltig‘i bilan o‘ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv orollari, Benga­liya qo‘ltig‘idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi.  Maydoni 3,3 mln. km2. Aholisi 1,37 mlrd. kishi. Poytaxti – Dehli shahri. Ma’muriy jihatdan 28 shtat (state) va 7 ittifoq hududga (territory) bo‘linadi.

Davlat tuzumi

Hindiston – federativ res­publika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik o‘zgartishlar kiritilgan. Davlat boshlig‘i – prezident (2017 yildan Ram Nath Kovind). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va ikki pala­ta — Shtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan iborat parlament; ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

 Hindistonda foydali qazilmalardai toshko‘mir, temir rudasi, ti­tan, oltin, tabiiy gaz, marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda, qo‘rg‘o-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mus-sonli iqlim. Asosiy daryolari: Gang, irmog‘i Jamna, Hind (yuqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda­vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomg‘irlari davrida toshadi), sug‘orishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Hindiston hududining aksar qismi qizil tuproqli. O‘simliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25 foizi o‘rmon. Himolay tog‘larining quyi yon bag‘irlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqarag‘ay, oqqarag‘ay o‘sadi. G‘arbiy Gat tog‘lari yon bag‘ri, Gang va Braxmaputra deltalari, Sharqiy Himolay tog‘ oldi doim yashil o‘rmonlardan iborat. Hindistonda o‘simliklarning 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud bo‘lgan barcha o‘simlikning yarmidan ko‘pini uchratish mumkin.

Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yo‘lbars, mangust va boshqa hayvonlar yashaydi, ilonning deyarli barcha turi mavjud. Mamlakatda 75ta milliy bog‘ va 420 dan ortiq qo‘riqxona mavjud. Yirik milliy bog‘lari: Kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, «Gullar vodiysi» (Uttar-Pradesh), Sariska va boshqalar

Aholisi

 Hindiston – dunyoda eng ko‘pmillatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda so‘zlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72 foizini hind-yevropa tillarining hind-oriy tillari guruhida so‘zlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmiri ylar dariy til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimoliy va shimoli-sharqida tibet-birma tillarida so‘zlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30 foiz. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining ko‘pchiligi (83%) hinduiylik diniga e’tiqod qiladi; islom (10%), xristian (2%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bombay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan­pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.

Tarixi

Hindiston hududida odamlar tosh davridanoq yashagan. Miloddan avvalgi uch ming yillikning ikkinchi yarmi – ikki ming yillikning birinchi yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan shahar madaniyati vujudga kelgan (q. Xarappa madaniyati). Miloddan avvalgi  ikki ming yillikning  ikkinchi yarmida Hindistonga shimoli-g‘arbdan oriylar kirib kelib, avval Panjob, keyinchalik Gang daryosi vodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi VI asrda Shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Magadha davlati bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI-IV acrlarda iqgisodiy taraqqiyot qadimiy hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha o‘zgartirdi. Qullar va yollanma ishchilar mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujud­ga keldi. Miloddan avvvalgi IV asr o‘rtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi Magadha davlati tasarrufida bo‘lgan. Magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daryosi havzasining bir qismini Axomaniylar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327-325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afg‘onistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy birinchi asrda Hindiston shimolining katta qismi kushonlar qo‘l ostiga o‘tdi. Kushonlar dav­lati yemirilgach, IV-a.da H. shim.da yana Magadha davlati ravnaq topdi. Keyin­chalik Guptalar sulolasi davrida Shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharkda Bengaliya qo‘ltig‘idan g‘arbda Panjob va Katxiyavar yarimoroligacha bo‘lgan hudud Magadha davlati tarkibiga kir­di. Xuddi shu davrda Dekanda Vakataka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud bo‘lgan. II-IV asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan.

VI-XII asrlarda Hindistonda bir necha davlat mav­jud bo‘lgan. VII asrning birinchi yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimolidagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. VIII asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. XI asr boshlarida Mahmud G‘aznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini o‘z davlati tar­kibiga qo‘shib olgan. XII asr oxiri – XIII boshlarida Hindiston shimolini G‘uriylar dav­lati hukmdori Muhammad G‘uriy zabt etdi. Uning o‘limidan so‘ng G‘uriy noiblaridan biri Qutbiddin Oyboq Dehli sultonligiga asos soldi.

XIV-XV asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputanadan tashqari Hindiston shimolida mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malvahamda Dekanning shimolida Baxmoniy sultonligi paydo bo‘ldi. Afg‘onlarning lo‘diylar sulolasi hukmronligi davrida Gang daryosi vodiysining talay qismi sultonlikka qo‘shib olindi.

XV asr oxirida Hindistonga dastlabki yevropalik mustamlakachilar – portugallar kirib keddi va XIV asrning  birinchi yarmida ular dengaz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yilning aprelida Zahiriddin Muhammad Bobur Panipatdagi jangda Ibrohim Lo‘diyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858 yilgacha mavjud bo‘ldi). XVII asr bosh­larida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kir­di va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664 yil fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyasi  ham tashkil etildi. Boburiylar o‘rtasidagi o‘zaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya o‘rtasida Janubiy Hindistonda bo‘lib o‘tgan janglar (1756-63) natijasida Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi g‘olib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini o‘z vassallariga ay-lantirdi. 1803 yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram bo‘lib qoldi. 1833 yil Ost-Indiya kompaniyasi savdo tashkiloti sifatida tugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuklatiddi. Hindiston sekin-asta Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jalik xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. XIX asr o‘rtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qo‘zg‘alonlari bo‘lib o‘tdi. 1857-59 yillarda bo‘lib o‘tgan mashhur sipohiylar qo‘zg‘aloni Hindistonning keyingi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatdi. 1858 yil Ost-Indiya kompani­yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi.

XIX asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885 yil qator milliy tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressiga (HMK)  uyushdi. XX asr boshlari unda B. Tilak boshchiligida so‘l demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908 yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya hukumati mil­liy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari bo‘yicha bo‘lib tashlashga harakat qildi va 1906 yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo bo‘lishiga ko‘maklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuziddi. Birinchi jahon urushi davrida (1914-18) Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918 yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri bo‘lgan Maxatma Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning sat’yagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish) shaklini targ‘ib qildi. Gandi ta’limoti – gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. 1918-22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920 yil  Butun Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923-27 yillarda mil­liy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927 yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan so‘l qanot vujudga keddi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929-30 yillardagi jahon iqgisodiy bo‘hroni antiimperi­alistik harakatni yangi bosqichga ko‘tardi.

1930 yil HMK M.Gandi rah-barligida yana bo‘ysunmaslik kam­paniyasini boshlab yubordi. 1931 yil martda HMK rahbarlari mustamlakachi hukmron doiralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, bo‘ysunmaslik kampaniyasi davom ettirildi. 1935 yil Angliya parla­menti Hindistonni boshqarish to‘g‘risida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga ko‘ra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qo‘lida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. 1936 yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifa-sini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939-45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida bo‘ldi. Urush so‘nggida Hindiston bilan Angliya imperializmi o‘rtasida iqgisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946 yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. 1946 yilning 18-23 fevralida Bombaydagi harbiy dengizchilar qo‘zg‘aloni inqilobiy harakatning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi.

Angliya hukumati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini e’lon qildi. 1946 yil avgustda J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik harakatining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur bo‘ddi. 1947 yil 15 avggustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J.Neru bo‘ldi. 1950 yil 26 yanvarda Hindiston suveren respublika deb e’lon qilindi. Mamla­katda agrar islohotlar o‘tkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yo‘llari belgilandi. 1964 yil mayda J.Neru vafotidan so‘ng HMK partiyasining ahvoli og‘irlashdi. 1965 yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966 yil Tosh­kent uchrashuvida imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat o‘rtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos bo‘ldi. 1966 yil yanvarda L.B.Shastri vafotidan so‘ng J.Neruning qizi – I.Gandi Hindiston bosh vaziri bo‘ldi. 1977 yil martda parlamentga o‘tkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) g‘olib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947-77) mobaynidagi birinchi yirik mag‘lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M.Desai Hindiston respublikasining to‘rtinchi bosh vaziri bo‘ldi.

1977 yil martdagi mag‘lubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha ko‘zga ko‘ringan raxbarlari Janata partiga o‘tib ketdi. 1978 yil yanvarda sobiq Bosh vazir I.Gan­di va  uning  bir  qancha  tarafdorlari HMKdan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004 yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston – 1945 yildan BMT a’zosi. 1991 yil 26 dekabrda O‘zbekistonning  suverenitetami tan olgan va 1992 yil 18 martda diplomatiya mu-nosabatlari o‘rnatgan.

Milliy bayramlari: 26 yanvar – Respublika kuni (1950) va 15 avgust – Mustaqillik kuni (1947).

(Davomi bor)

 

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bundan ortiq yutuq bo‘lishi mumkinmi?

30.06.2025   249   5 min.
Bundan ortiq yutuq bo‘lishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


Sahobai kiromlar iymonu Islom, shariatu tariqat, axloqu odob va shunga o‘xshash barcha kerakli narsalarda har birlari biz uchun muqtado bo‘lgan ajoyib insonlar jamoasidir.

Ushbu mavzuga kirishdan avval «sahoba» va «fazl» so‘zlarining ma’nolarini yaxshilab o‘rganib olishimiz lozim.

«Sahoba» so‘zi «sahiba» o‘zagidan olingan bo‘lib, lug‘atda «suhbatdosh bo‘lmoq» va «sohib bo‘lmoq» degan ma’nolarni anglatadi.

Istilohda esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni musulmonlik hollarida ko‘rgan odamga sahoba deyiladi.

Musulmon odam Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rsa bo‘ldi, suhbatlashib o‘tirmasa ham sahoba bo‘laveradi.

Ulamolar bu masalada ko‘plab batafsil bayonotlar, turli fikr-mulohazalarni keltirganlar. Lekin mazkur tortishuvlarning barchasining natijasi yuqoridagi ta’rifga borib taqaladi.

«Fazl» so‘zi lug‘atda «ziyoda», «ortiqlik», «ustunlik» degan ma’nolarni anglatadi.

Shundan «Sahobalarning fazli» iborasining ma’nosini tushunib olish mumkin.

Payg‘ambar alayhissalom hazrati Jobir roziyallohu anhuga va «Bay’atir-Rizvon»da ishtirok etgan boshqa sahobiylarga qarata: «Sizlar yer yuzidagi eng yaxshi odamsizlar», deganlar.

Shunga binoan, har bir musulmon mazkur baxtiyor shaxslarni sevishi, hurmatlashi va e’zozlashi lozimdir.


Alloh taolo ularga «yaqin fath»ni mukofot qilib berdi. Hudaybiyadan so‘ng tezda butun dunyoni fath qilish boshlandi. Ikki oydan ko‘p vaqt o‘tmay, birinchi, eng muhim fathlardan biri – Xaybar fathi bo‘ldi. Undan keyin esa navbatdagi fathlar ketma-ket sodir bo‘laverdi.

Musulmonlar Islom jamiyatining asl mag‘zini, javharini tashkil etar edilar. Ular uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism peshqadam muhojirlar edi.


«Birinchi peshqadam muhojirlar».

Ular Makkai Mukarramada hech kim iymonga kelmagan paytda iymonga kelgan, kofirlarning ozorlariga chidagan, ularning zulmlariga bardosh bergan ulkan sahobiylardir.

Ulamolar: «Ushbu oyatda «oliy maqom egalari» deb sifatlanayotgan muhojirlar Badr urushiga qadar Makkai Mukarramadan Madinai Munavvaraga hijrat qilgan sahobalardir», deydilar. Chunki ular eng qiyin vaqtda iymonga kelib, eng qiyin vaqtda hijrat qilgan shaxslardir. Badr urushida musulmonlar g‘olib kelib, Islom jamiyati yuzaga chiqib, o‘z tayanchiga ega bo‘lganidan keyin hijrat qilish ham oson bo‘lib qolgan.


Ikkinchi qism – «ansoriylar», ya’ni Madina ahllaridan birinchi bo‘lib Islomga kelgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Aqaba»da bay’at qilgan, din qardoshlarini o‘z yurtlari – Madinaga taklif etgan, makkaliklar hijrat qilib borganlarida o‘zlari yemay, ularga yedirgan, o‘zlari kiymay, ularga kiydirgan, uylarini, molu mulklarini bo‘lib bergan, dinu diyonatlari uchun molu jonlaridan kechishga tayyor turgan madinalik peshqadam musulmonlardir.


Uchinchi qism – «ularga yaxshilik bilan ergashganlar», ya’ni peshqadam muhojir va ansoriylarga yaxshilik bilan ergashganlardir. Ular vasf qilinmish peshqadam muhojir va ansoriylardan keyin, mazkur mashhur voqealardan keyin musulmon bo‘lib, xuddi peshqadam musulmonlar kabi ixlosli, ibodatli va taqvodor kishilar bo‘lganlar. Ularga faqat peshqadamlik, ya’ni eng qiyin damda safda bo‘lmaganliklari yetishmaydi, xolos. Alloh ana shu uch toifadagi musulmonlarning barchasidan «rozi bo‘ldi, ular ham Allohdan rozi bo‘ldilar».


Banda erishishi mumkin bo‘lgan eng yuqori martaba Allohning roziligidir. Zotan, har bir bandaning oliy maqsadi ham mana shu. Bandaning Allohdan roziligi Uning qadariga ishonishi, qazosidan yaxshilik kutishi, ne’matlariga shukr qilishi, balo-ofatlariga sabr qilishidir.

Alloh ulardan rozi ekanligi uchun: «Ularga ostidan anhorlar oqib turgan ‎jannatlarni… tayyorlab ‎qo‘ydi».

Ular mazkur jannatga vaqtinchalikka kirmaslar, balki «ular u (yer)larda abadiy mangu qoluvchi ‎bo‘lgan ‎hollarida‎».

Alloh taolo ulardan rozi bo‘lmaganida, ularni bunday ikromga sazovor qilmas edi.


«Ana o‘sha ulkan yutuqdir».

Bundan ortiq yutuq bo‘lishi mumkinmi?


Alloh «Hashr» surasida sahobai kiromlarni shunday madh etadi:

«Diyorlaridan va mol-mulklaridan judo ‎qilingan, Allohdan fazl va rozilik umid ‎‎qiladigan hamda Allohga va Uning Rasuliga yordam ‎beradigan faqir muhojirlargadir. ‎Ana o‘shalar ‎sodiqlardir‎» (8-oyat).

Muhojirlar aslida makkalik kishilar bo‘lib, dinu iymon yo‘lida ona yurtlarini, mol-mulklarini, qarindosh-urug‘larini tashlab, Madinai Munavvaraga hijrat qilganlar (ko‘chib o‘tganlar). Shu sababli ularning ko‘pchiligi miskin, faqirga aylanganlar.

Ular faqatgina Alloh beradigan fazlni deb, Uning roziligini topamiz, deb bu mashaqqatlarga bo‘yin egdilar. Qiyin ahvolga qaramasdan, Allohning va Rasulining ishiga qo‘llaridan kelgan barcha yordamlarini ayamadilar. Shuning uchun ham Alloh ularni «Iymonlarida sodiq kishilar» deb maqtamoqda.
 

«Hadis va hayot» kitobining 21-juzidan olindi

Maqolalar