Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Aprel, 2026   |   9 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:26
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:41
Bismillah
27 Aprel, 2026, 9 Zulqa`da, 1447

Aqlli bola

16.07.2018   6421   2 min.
Aqlli bola

Doimo donishmand va olimlarni mehmonga chaqirib, duolarini olib turadigan bir saxovatli kishi doimiy odatiga ko‘ra yana olimlarni uyiga taklif qildi. Mehmonlar ichida keksa, taniqli olim ham bor edi. Ziyofat oxirida o‘sha olim:

– Azizlar! Biz ham keksaydik, umrimiz o‘tib bormoqda. Bizda bo‘lgan ilmlardan manfaat­dor bo‘lib qoling, bilmaganlaringizni so‘­rang, qo‘­limdan kelganicha javob beray, – dedi yi­g‘il­ganlarga qarab. Hamma jim, savol berishga hech kim botina olmay turgan bir mahalda, dah­liz­da o‘tirganlar ichidan yoshi o‘nlarni qoralab qolgan bir bola qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib go‘zal odob bilan:

– Hazrat! Aybga buyurmangizu kaminaning kichik bir savoli bor, – dedi.

– Barakalla bolam, savolingizni tortinmasdan so‘rayvering, – dedi olim bolaning aqlu odobidan xursand bo‘lib.

– Keksalikka yetib, azizu mukarram bo‘lishim uchun nima qilishim kerak? – dedi boshini xiyol egib.

– Ofarin, eng ulug‘ savolni berdingiz. Bu savolingizga tonggacha javob bersam ham vaqt yet­maydi. Shunday bo‘lsa-da, qisqacha javob bera­man. Keksayganda aziz bo‘lish uchun ota-onangizni xizmatini qilib, duosini oling, yaqinlaringiz bilan qarindoshlik rishtalarini mustah­kam­lang, olim va yaxshi insonlar davrasida bo‘­lib, hur­mat qozoning! Shunda umringiz uzun, kek­sayganda, albatta, hurmatu izzatda bo‘lasiz, deb bola haqiga xayrli duo qildi.

Ey aziz farzand! Bu hikoyadan olimlar suh­batida o‘tirganlar ma’nisiz lag‘v so‘zlar aytishdan tiyilib, o‘zlariga foydali savollar ber­sinlar. Olimning ilmidan foydalanib qo­lish­sin. Yoshlar olimdan savol so‘raganda odob qoi­dalariga rioya qilib, olimning ko‘nglini qoldirmaydigan, ranjitmaydigan qilib, tavoze bilan savol bersin! Albatta, duo va mehr inson umrini uzaytirib, rizqni barakali qiladi, baxtiyor umrning omili bo‘ladi.

Umri, yoshi ortar olqish olganni,

Qarg‘ish tegmay qolmas, yoshni sindirar.

Demak, yaxshi duo umrni uzaytirsa, qarg‘ish yosh umrlarni zavolga uchratib, yosh g‘unchani ochil­masdan xazon qiladi.

 

“Qasamini buzgan qiz” kitobidan olindi

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqandda otinoyilarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi

27.04.2026   182   1 min.
Samarqandda otinoyilarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi

Samarqand viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Institut tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslari o‘z yakuniga yetdi.

2026 yil 25 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor islom qadriyatlari, diniy geosiyosat tahlili, ayollarga xos fiqhiy masalalar hamda radikallashuvning oldini olish mexanizmlariga qaratildi.


Institut o‘qituvchilari va Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari tomonidan olib borilgan treninglar ochiq muloqot shaklida o‘tdi.

Tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamladilar, balki hududlardagi ijtimoiy-diniy muammolar yuzasidan mutaxassislardan yechimlar oldilar.

O‘quvlar yakunida ishtirokchilar bilan yakuniy suhbatlar o‘tkazildi. 

Sammuslim.uz

Samarqandda otinoyilarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi Samarqandda otinoyilarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari