Shu yilning oxirigacha Koreya Respublikasining Gvangchju, Rossiya Federatsiyasidagi Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligining vakolatxonalari ochiladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri agentlik boshlig‘i Ravshan Ibragimov so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.
«Keyingi yillarda esa ushbu tarmoqlar soni 8 tagacha yetkaziladi», deb qo‘shimcha qilgan agentlik boshlig‘i.
13 iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z bordi.
Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarga tashkil qilingan maxsus jamg‘arma hisobidan imtiyozli stipendiyalar ajratilishi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PQ-3584-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Agentlik filiallari huzurida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ishga chiqayotgan fuqarolarga temir yo‘l va aviachiptalarni 20 foizlik chegirma asosida sotishga ixtisoslashtirilgan maxsus kassalar (har bir viloyatda bittadan, butun respublika bo‘ylab jami 14 ta) tashkil etildi.
Anjumanda ma’lum qilinishicha, shu kungacha qariyb 12,5 mingta fuqaroga Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borishlariga yordam berildi.
«2018 yilning 6 oyi mobaynida Janubiy Koreyaga 1243, Rossiya Federatsiyasiga 513, Turkiyaga 241, Polshaga dastlabki 5 nafar fuqarolar ishga yuborildi», deyiladi rasmiy bayonotda.
manba: Kun.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «EY BANDALARIM… Bir qudsiy hadis sharhi» kitobi taqdimoti
Joriy yilning 19 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "EY BANDALARIM… Bir qudsiy hadis sharhi" kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Obidjon Kadirov, Moliyaviy nazorat va tahlil bo‘limi boshlig‘i I.Zuxriddinov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i M.Kamolov, Huquqshunoslik bo‘limi boshlig‘i J.Xatamov, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, diniy soha vakillari hamda ziyolilar ishtirok etdi.
Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda keltirilgan qudsiy hadis sharhi va uning inson ma’naviyati, jamiyat axloqiy muhitidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Muftiy o‘rinbosari asarning bugungi kun bilan hamohangligi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda keltirilgan qudsiy hadis sharhi va uning inson ma’naviyati, jamiyat axloqiy muhitidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Muftiy o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov kitobning bugungi kun bilan hamohangligi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ulamolar kitobdagi hikmatlar insonni samimiyat, taqvo, yaxshilik va qalb pokligiga chorlashini qayd etib, ushbu asar keng kitobxonlar uchun muhim ma’naviy manba ekanligini urg‘uladilar.
Shuningdek, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "Fiqh va aqidaga oid ixtilofli masalalar yechimi", "Yoshlarga nasihatim" nomli kitoblari haqida ham to‘xtalib, islomiy ilmlar sohasida yuzaga keladigan turli ixtiloflarni ilmiy, muvozanatli va dalillarga asoslangan tarzda yoritib berishi bilan alohida ahamiyatga ega ekanligi, asarda fiqh va aqidaning eng muhim masalalaridagi turlicha qarashlar sabablari, ularning manbalari hamda yechimlari keng va tushunarli uslubda bayon qilingani, “Yoshlarga nasihatim” kitobi esa yoshlar uchun ma’naviy rahbar, tarbiya manbai va jamiyatga foydali inson bo‘lish yo‘lidagi qo‘llanma ekani ta’kidlandi.
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati