Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Aprel, 2026   |   2 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:11
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:09
Shom
19:12
Xufton
20:31
Bismillah
20 Aprel, 2026, 2 Zulqa`da, 1447

Aql saltanati

27.06.2018   7198   2 min.
Aql saltanati

Oqil shoh ulus ahvolidan ogoh bo‘lib, xalq­ning nima ish qilayotganini, ta’lim-tarbiyasi, yashash sharoiti, och-to‘qligi, hamma-hammasini bilib turadi. Yurti uchun xizmat qilganlarni muko­fotlab, o‘ziga yaqin oladi. Saltanati va xalqiga xiyonat qilganlarni jinoyatiga yarasha jazo­laydi. Shu bilan birga, rahm-shafqat eshigi ham doimo ochiq turadi. Qaroqchi, o‘g‘rilar­ga rahm qil­maydi. Saltanati buzilib, vayron bo‘lmasligi uchun doimo sergak va hushyor bo‘la­di. Har tong davlati­ning tinchligi-farovonligi va xalqining bax­tini so‘rab duo qiladi.

Podshoh saltanatini vayron qilmoqchi bo‘l­gan xoin, qaroqchi, o‘g‘rilar qilayotgan gunohlari­ning yomonligi, har qancha yashirincha ish qilma­sinlar, ayblari ochilib, oqibatda bir kun odil podshohdan jazo olishlarini anglab, jazolanayotgan hollarini ko‘z oldiga keltirib yuradilar. Oqibati nima bilan tugashini bilsalar-da, qo‘lga tushsam bir gap bo‘lar tarzida nafs so‘ziga kirib, isyonlarini orttirib boraveradi. Ularning jinoyatini zimdan kuzatib yurgan podshoh vaqti-soati kelganida ularni qo‘lga olib, jal­lodga topshiradi. Dor tagidagi osiy esa bo‘y­ni­dagi arqonni va jallodning qilich yalang‘och­lab turganini ko‘rib, qo‘rquvdan titrab, tavba qi­lib kechirim so‘raydi. Ammo hukm o‘qilgan, chek­kan pushaymoni va qilingan tavba foyda bermaydi.

Ey aziz farzand! Odamning jismi ham dav­lat kabidir. Aql saltanat podshohidir. U jism saltanatini adolatli boshqarsa, oliy mukofot oladi. Aql saltanati jism davlatini giyoh­vand­lik, mayxo‘rlik, fahsh va gunohlardan qay­tar­masa, jism saltanati gunohlarga uchrab, tezda qulaydi. Jism ma’naviy va ruhiy tanazzulga yuz tutadi. Insonni odamiylik, mo‘minlik faz­lidan fosiqlik va munofiqlik botqog‘iga boti­radi. Vayrona va xaroba yurtdan odamlar qoch­ga­ni kabi, jaholat botqog‘iga botgan kishidan imon, yuzidan nur, qalbidan rahm-shafqat va ilm qochadi. Bunday insonlar odamiylik fazli­dan be­bahra bo‘ladi. Shu bois aql saltanatini ko‘p kitob o‘qib, tajriba va ilmiy izlanish bi­lan to‘ydirmoq zarur.

Shermurod Tog‘ayning “Qasamini buzgan qiz” kitobidan

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Robia Basriyaning Alloh taologa bo‘lgan muhabbatlari

17.04.2026   10259   1 min.
Robia Basriyaning Alloh taologa bo‘lgan muhabbatlari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Robia Basriyaning duo qilganlari haqida bunday rivoyat qilinadi. U zot tahajjud namozidan so‘ng bunday duo qilar edilar: “Yo Robbim! Quyosh botdi, tun bo‘ldi, osmonda yulduzlar charaqlay boshladi. Dunyo podshohlari o‘z darvozalarini yopishdi. Lekin Sening eshiging hali-hanuz ochiqdir. Shuning uchun Sening huzuringa keldim”.

Subhanalloh! Naqadar ajoyib iltijo. Ha, bunday zotlar Alloh taologa duo qilish lazzatini juda yaxshi bilganlar. Alloh ulardan rozi bo‘lsin!
 

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ilohiy ishq" kitobidan Nodir Odinayev tarjimasi