Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447

Qur’on musobaqasi g‘oliblari Umraga jo‘nab ketdi

06.06.2018   7515   1 min.
Qur’on musobaqasi g‘oliblari Umraga jo‘nab ketdi

Qur’on musobaqasi g‘oliblari Umraga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Qur’on musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari Umra ziyoratiga ota-onalari va hamrohlari bilan birgalikda borish imkoniyatini qo‘lga kiritganlari haqida ma’lum qilgan edik.

Bugun, 6 iyun kuni, muqaddas Ramazon oyining 21-kunida erta tongdan Toshkent xalqaro aeroportida Umra ziyoratiga otlangan bir guruh vatandoshlarimizni kuzatish marosimi o‘tkazildi. Ushbu marosim Muslim.uz portali xodimlari tomonidan onlayn namoyish etildi va ko‘plab yurtdoshlarimizning qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Koshki dini haqida ham o‘ylasa edi

01.12.2025   1439   1 min.
Koshki dini haqida ham o‘ylasa edi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Padari buzrukvorim qoddasallohu sirrohning huzurlariga bir tijoratchi kelib turardi. Uning juda katta tijorati bor edi. Bir kuni kelib: «Hazrat! Nima ham dey, biror duo qiling. Juda katta ziyon ko‘rdim», dedi.

Padari buzrukvorim buni eshitib, qattiq g‘amgin bo‘ldilar, u kishini, bu bechora qanday musibatga giriftor bo‘ldi ekan, degan o‘y bosdi. Keyin «Qanday ziyon bo‘ldi?» deb so‘radilar.

U: «Hazrat! Millionlab ziyon bo‘ldi», dedi.

Padari buzrukvorim: «Batafsilroq ayting, qanaqa ziyon u? Qay tarzda bo‘ldi?» deb so‘radilar.

Shunda u odam ziyonini batafsil so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir savdodan millionlab foyda bo‘lishi kerak ekan, o‘sha bo‘lmay qolibdi. Lekin, shunga qaramasdan, oldindan bo‘lib kelayotgan yuz minglab foydalar davom etyapti ekan. Faqat kutilgan foyda kelmay qolgan. Savdogar shu foydaning kelmay qolganini juda katta ziyon bo‘ldi, deb aytyapti.

Padari buzrukvorim aytadilar: «Bu odam foyda bo‘lmay qolganini ziyon deb bilyapti. Ya’ni, bo‘lishi kerak bo‘lgan foyda bo‘lmay qolib, juda katta ziyon bo‘ldi, demoqchi. Ammo bu tujjor koshki shu narsani din haqida ham o‘ylasa edi. Agar shunday qilganida, dini va oxiratiga juda katta foyda bo‘lardi va u hammamizdan o‘tib ketgan bo‘lardi. Aslida, ana shu narsani o‘ylamagani unga katta ziyon bo‘ldi. Haqiqatda buni juda katta ziyon desa bo‘ladi».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan