Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Mart, 2026   |   17 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:50
Peshin
12:39
Asr
16:34
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
06 Mart, 2026, 17 Ramazon, 1447

Tabobat: Karamning inson sog‘lig‘i uchun foydalari

01.05.2018   28017   3 min.
Tabobat: Karamning inson sog‘lig‘i uchun foydalari

Karam inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulotdir. Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V, V2, RR, K, Ye) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog‘, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganes, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste’mol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda  ko‘p. Unda  kaliy, qand, oltingugurt,  kalsiy, fosfor, yog‘lar, laktoza mavjud.

Karamning kechkisida ertagisidan ko‘ra S vitamini ko‘proq bo‘ladi. Bu vitamin uzilgan karam boshida sakkiz oy davomida kamaymasdan saqlanadi.  Oq boshli karamda inson organizmi uchun zarur  bo‘lgan barcha vitaminlar va foydali mineral  moddalar bor.  Karam tarkibida  glyukoza  apelsin, limon va olmaga qaraganda ko‘proq,   fruktoza miqdori esa, sabzi, piyoz, limon va kartoshkadagiga nisbatan ko‘proq miqdorda mavjuddir.  Uning shifobaxsh xususiyatlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.

Tuzlangan karam o‘z tarkibidagi uksus va sut kislotalari organizmdan chirituvchi bakteriyalarni chiqarib yuborish xususiyatiga ega.    Tarkibida saxaroza i kraxmal miqdorining ozligidan yangi karamni  iste’mol qilish  diabetiklar uchun ha mjuda foydali.  Uni ozishni maqsad qilganlar ovqatlanish ro‘yxatiga kiritishlari mumkin.  

Karamdagi  ichaklar faoliyatini yaxshilovchi biriktiruvchi moddalar  organizmni turli xiltlardan va xolesterindan tozalaydi va ichaklarda foydali mikroflorani shakllantiradi.i turli xiltlar chi sh ro‘yxatiga kiritishlari mumkin.  

Terining kuygan, yiringli yara, sovuq urgan va zarbadan ko‘kargan joylariga maydalangan karam bargini kompres qilib qo‘yilsa, bu yara va jarohatlar bitishini tezlashtiradi.

Yangi karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan, oshqozon yarasidan, xoletsistitdan,  gastritdan, me’yoridan baland yuruvchi oshqozon shirasidan,  sistitdan va xronik piyelonefritdan forig‘ bo‘lish mumkin.

Karam sharbati asab qo‘zg‘alish illatini kamaytiradi, tomirlar aterosklerozini davolashda yordam beradi, ortiqcha vazndan xalos etadi va turli shishlarni ketkazishda yordam beradi.

Qondagi qand moddasi miqdorini kamaytirish uchun karam sharbatiga iliq suv qo‘shib,  ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi. 

Karam sharbati ichish  yuzga toshgan sepkildan forig‘ bo‘lishga sabab bo‘ladi. 

Sariq kasali bilan og‘riganda, qabziyatda, bavosirda, gastritda, oshqozon shirasi me’yoridan past yurganida, bepushtlikda, disbakteriozda va doimiy charchoq his qilishda karam sharbati ichish tavsiya etiladi. 

Karamni iste’mol qilib bo‘lmaydigan holatlar
Pankreatitda organizmning  qorin va ko‘krak qismida jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirgan kishilar yangi karam iste’mol qilishdan o‘zlarini tiyishlari lozim. 

Oshqozon va ichak yo‘llarida qon oqishi, oshqozon yarasi xuruji, qalqonsimon bez faoliyati buzilishi holatlarida karam iste’mol qilish mumkin emas. 

O‘tkir  enterokolitda va  diareya (ichketish)da  karamni juda ehtiyot bo‘lib iste’mol qilish lozim bo‘ladi.

Yangi karam sharbatini ichish oshqozonida  shira ajratilishi me’yoridan yuqori bo‘lgan kishilarga mumkin emas, chunki bu sharbat oshqozon bezi faoliyatini kuchaytiradi.

Gastrit, pankreatit, oshqozon yarasi , qon bosimi, jigar va buyraklarida xastaligi bo‘lgan kishilarga tuzlangan karam iste’mol qilish ruxsat berilmaydi.

  Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi.

           1 may 2018 yil.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

MARHUM MЕHNAT FAXRIYSI XONADONIDA IFTORLIK

04.03.2026   3780   1 min.
MARHUM MЕHNAT FAXRIYSI XONADONIDA IFTORLIK

Ramazon – mehr-muruvvat va shukronalik oyi. Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik, va shukronalik oyi”  shiori ostida xayrli tadbirlar izchil davom etmoqda.

Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” mahallasida istiqomat qilgan, diniy sohada ishlagan marhum mehnat faxriysi Musoxon ota Iminov xonadonida bo‘ldilar.

Iftorlik tadbirida Musoxon otaning Diniy idora tizimidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, ilm ahliga bo‘lgan yuksak hurmati va farzandlarini el koriga yaraydigan insonlar etib tarbiyalagani alohida yodga olindi. Qur’on oyatlari tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi va marhumning haqqiga xayrli duolar qilindi.

Marosim doirasida xonadon ahliga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, zaruriy uy-ro‘zg‘or buyumlari va pul mablag‘lari taqdim etildi. Marhum Musoxon otaning oila a’zolari Prezidentimiz va diniy soha rahbarlari tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibordan mamnun bo‘lib, ezgu tilaklarini bildirdi. 

Bu yilgi Ramazon oyi keng ko‘lamli mehr-oqibat ishlari orqali yurtdoshlarimiz qalbiga quvonch baxsh etmoqda. Zero, yurtimizda inson qadri va uning xotirasini ulug‘lash – eng oliy maqsaddir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

MARHUM MЕHNAT FAXRIYSI XONADONIDA IFTORLIK MARHUM MЕHNAT FAXRIYSI XONADONIDA IFTORLIK MARHUM MЕHNAT FAXRIYSI XONADONIDA IFTORLIK MARHUM MЕHNAT FAXRIYSI XONADONIDA IFTORLIK
O'zbekiston yangiliklari