Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Aprel, 2026   |   27 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:42
Peshin
12:28
Asr
17:06
Shom
19:08
Xufton
20:25
Bismillah
16 Aprel, 2026, 27 Shavvol, 1447

Qur’on odobi

27.04.2018   13701   2 min.
Qur’on odobi

Xuzayfa roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kuni kechasi Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan namoz o‘qidim. U kishi Baqarani boshladilar va o‘qib tugatdilar. So‘ngra Oli Imronni boshladilar va uni ham o‘qidilar. Keyin Niso surasini oxirigacha o‘qidilar. Ushbu suralarni birin-ketin shoshmay tilovat qildilar. Agar tasbeh zikr qilingan oyatdan o‘tsalar, tasbeh aytar, agar duo oyatidan o‘tsalar, duo qilar, agar panoh so‘rash oyatidan o‘tsalar, (barcha yomonliklardan Allohning) panoh berishini so‘rar edilar» (Imom Muslim rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: «Agar Nabiy sollallohu alayhi vasallam «Sabbihisma robbikal a’la…» (A’lo surasi)ni o‘qisalar, uning ketidan: «Subhana robbiyal a’la», deb aytardilar» (Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati).

Agar Qur’on o‘quvchi mo‘minlarga ilohiy xitob bo‘lgan «Ey iymon keltirganlar…» oyatidan o‘tsa, o‘sha yerda to‘xtab, Allohning amriga quloq tutadi. Ba’zilar ushbu xitobdan so‘ng: «Labbayka Rabbiy va sa’dayka» (Ey Rabbim, men sening toatingdaman va amringga muntazirman) deb aytar, so‘ngra Alloh nimaga buyurib, qanday amallardan qaytarishini tafakkur qilar va qalban tasdiqlab, o‘z hayotlarida bunga og‘ishmay amal qilar edilar. Kishi shunday qilsa, Qur’onni to‘liq tartil qilgan bo‘ladi. Agar o‘qiyotgan oyatlarning ma’nolarini bilmay qolsa, uni biladiganlardan so‘rab oladi. Toki Allohning kalomini to‘g‘ri tushunib, unga chiroyli amal qilsin.

Agar o‘qilayotgan oyatda Alloh taolo o‘tgan qavmlarning qissalaridan xabar berayotgan bo‘lsa, ulardan o‘ziga ibrat olsin. Alloh ularga qanday hukm qilganini bilib, azobga giriftor bo‘lgan kofir – noshukr qavmlarning yo‘lidan saqlansin. Doimo Allohga shukr qilib, Uning toatida bo‘lsin. Agar o‘qilayotgan oyatda va’id (qo‘rqitish-ogohlantirish) kelgan bo‘lsa, qalbiga nazar solsin. Agar nahiy qilinayotgan biror illat topilsa, undan voz kechsin. Agar rajo (umidbaxsh) oyatlarni tilovat qilsa, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmasin. Xavf oyatidan o‘tganda Alloh osiy bandalarni azoblashini fikr qilsin, toki uning qalbidagi xavf va rajo bir-biriga mutanosib bo‘lsin. Xuddi mana shu komil iymon belgisidir. Agar pand-nasihatlardan iborat bo‘lgan oyatlarni o‘qisa, ulardan o‘ziga o‘git olib, amal qilishga harakat qilsin. Agar yuqorida zikr qilinganlarni bajarsa, Qur’on odobi va haqlarini ado etgan bo‘ladi.

 

"Qur’oni karim fazilati va odoblari" kitobidan

Muhammadsharif RUSTAMOV,

Marhamat tumanidagi “Ibrohim Xalilulloh” masjidi imom-xatibi

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi

16.04.2026   1064   1 min.
Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi

Toshkent islom institutida «Aprel — O‘zbek va xorijiy tillar fan oyligi» doirasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamda «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari o‘rtasida do‘stona intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa o‘zbek, rus va ingliz tillarida, jami 7 ta murakkab bosqichda o‘tkazildi.

Intellektual duel davomida talabalar nafaqat o‘zlarining til bilish salohiyati va grammatik mahoratlarini, balki mantiqiy fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyon etdi. T

Tadbirda ishtirok etgan soha mutaxassislari va ta’lim muassasalari rahbariyati ta’kidlaganidek, bu kabi ilmiy bellashuvlar bo‘lajak mutaxassislarning ham intellektual, ham ma’naviy rivojlanishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi. 

Oliymahad.uz

Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi Toshkent islom instituti va Ko‘kaldosh madrasasi talabalari o‘zaro bellashdi
O'zbekiston yangiliklari