Bundan avval mehnat migrantlari rus tili bo‘yicha imtihonni va sug‘urta to‘lovlarini bevosita Rossiyada amalga oshirish kerak bo‘lgan. Endi bularni hammasini O‘zbekistonda amalga oshirish mumkin.
O‘zbekiston Rossiyada mehnat migrantlariga patent rasmiylashtirish jarayonida kerakli bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikat olish va sug‘urta to‘lovi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qilindi.
“Biz bu bosqichda patent olishda kerak bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikatni olish muammosini hal qilishga erishdik. Hozir bu jarayon ishga tushirilib, biz bu sertifikatlarni o‘zimiz bera olamiz. Shuningdek, biz Rossiyaga kelish va patent olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta masalasini ham hal qildik”, — deb ta’kidladi Sputnik tahririyatiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili.
Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala — O‘zbekistonda berilgan tibbiy hujjatlarni Rossiyada amal qilishini ta’minlash masalasini hal qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.
“Buning uchun Rossiya tomonidan bildirilgan bir nechta talablarni bajarish kerak. Bu oddiy jarayon emas. Agar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi buni amalga oshira olsa, o‘ylaymanki, yaqin vaqtlarda bu masalani ham hal qila olamiz”, — dedi suhbatdosh.
Bundan tashqari, respublika bo‘ylab mehnat migrantlari uchun rus, ingliz, nemis, koreys tillarini o‘rganish hamda kerakli bo‘lgan kasblar (svarkachi, quruvchi) bo‘yicha bepul o‘quv kurslar ochilmoqda.
Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bu o‘quv kurslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagilar uchun bepul tashkil qilingan. Shuningdek, bu yerda rag‘batlantirish tizimi ham bor, agar ikki oylik o‘quv kursi yakunida o‘quvchi yaxshi natijalarni ko‘rsatsa, u uchinchi oyga ham qoladi.
Ma’naviy ozuqa olishning, chin inson bo‘lib yetishishning birdan-bir yo‘li – bu kitob mutolaasi. Inson kamoloti manbai ham kitobdir. Darhaqiqat, bu ma’naviy sarchashma kishilarning dunyoqarashini boyitadi, nutqini o‘stirib, xotirasini mustahkamlaydi. Ana shunday asarlardan biri Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tasnif etgan «EY BANDALARIM... Bir qudsiy hadis sharhi» kitobidir.
Shu yilning 13 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi tomonidan tashkillashtirilgan «EY BANDALARIM... Bir qudsiy hadis sharhi» kitobi taqdimoti juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati