Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Yanvar, 2026   |   15 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:29
Bismillah
04 Yanvar, 2026, 15 Rajab, 1447

Qur’on lafzidagi mo‘jiza

26.04.2018   15497   1 min.
Qur’on lafzidagi mo‘jiza

Alloh taolo Qur’onda مَيِّتٌ (“mayyit” ko‘rinishida bo‘lib, “yo” harfi harakatli va tashdidli) lafzini zikr qilganda, buning ma’nosi “Hali o‘lmagan, ammo yaqinda o‘ladigan tirik kimsa” degani bo‘ladi. Ushbu so‘zdagi “yo” harfi harakatli bo‘lganidek, u inson ham harakatdadir, tirikdir. Bunga misol:

إِنَّكَ مَيِّتٌ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ

“Albatta, sen ham o‘lguvchisan, ular ham o‘lguvchidirlar” (Allohdan boshqa har bir tirik jon o‘ladi. Hamma ham o‘ladi. O‘lmaydigan hech kim yo‘q. Faqat Alloh taoloning O‘zigina qoladi.) (Zumar surasi, 30-oyat).

Ammo مَيْتَ (“mayta” ko‘rinishida bo‘lib, “yo” harfi sukunli) lafzini zikr qilganda, buning ma’nosi “Ruhi ajragan, o‘lgan, vafot etgan” degani bo‘ladi. So‘zdagi “yo” harfi sukunli, harakatsiz bo‘lganidek, u kimsa yoki jonzot ham harakatsizdir, o‘lgandir. Bunga misol:

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ

“Sizlarga o‘limtik...harom qilindi” (Moida surasi, 3-oyat).

Qur’on lug‘atidagi bu ajoyiblikni, harf harakatining voqelikka munosibligini ko‘ring!

 

 

Shayx Solih Turkiyning “Min rovai’il Qur’an”

nomli maqolasidan

Nozimjon IMINJONOV

tarjimasi

Qur'oni karim
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros

27.12.2025   7201   1 min.
Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros

Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov boshchiligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot tadbirida Buxoro viloyati hokimligi vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat mutaxassislari, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tuman va shahar imom-xatiblari hamda otinoyilar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kitobda inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Inson qadri” kitobi taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Buxoro viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros Inson qadrini ulug‘lovchi ma’naviy meros
O'zbekiston yangiliklari