Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2026   |   24 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:57
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2026, 24 Sha`bon, 1447

Xalqaro migratsiya tashkiloti delegatsiyasining uchrashuvlari

03.04.2018   9384   2 min.
Xalqaro migratsiya tashkiloti delegatsiyasining uchrashuvlari

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 2 aprel kuni Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) bosh direktori Uilyam Sving boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda XMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchisi Deyan Keserovich, Markaziy Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi ofisining O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha dasturiy xodimi S.Toshboyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.

XMT bosh direktori U.Sving Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar dunyo miqyosida ijobiy baholanayotgani, xususan, 26-27 mart kunlari «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tganini qayd etdi. O‘zbekistonning mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni amalga oshirishga qaratilgan muvaffaqiyati alohida ta’kidlangan holda, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi yuksak baholandi.

Uchrashuvda migrantlarga yordam ko‘rsatish, migratsiya oqimini tartibga solishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston bilan XMT o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilindi. 2016 yildan buyon O‘zbekistonda odam savdosi va ekstremizmga qarshi kurashish sohalarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tadbirda mamlakatimizning XMTga qo‘shilish masalasi bo‘yicha fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro tashkilot a’zosi bo‘lmagan holda, XMT tomonidan o‘tkazilayotgan loyihalarda faol ishtirok etmoqda. XMTga a’zo bo‘lish mamlakatimizga tashkilotga a’zo davlatlar bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama hamkorlik qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lish imkonini beradi.

XMT bosh direktori bugungi kunda mazkur nufuzli tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha huquqiy asos tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabardor qilindi. O‘z navbatida, Uilyam Sving O‘zbekistonni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

XMT delegatsiyasi, shuningdek, mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi.

 

Manba: O‘zA

HORIJDAGI YURTDOSHIM
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi!

11.02.2026   4933   1 min.
Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi!

Muborak Ramazon oyi arafasida Urganch tumani ahli uchun chinakam ma’naviy tuhfa taqdim etildi. Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Qambar bobo” jome masjidining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Xorazm viloyati bosh imomi Xayrulla domla Abdullayev ishtirok etib, yig‘ilganlarni yangi masjid bilan qutladi va masjidlarni obod qilishning ulkan ajru savoblari haqida so‘zladi. 
 

800 nafar namozxonga mo‘ljallangan ushbu muhtasham maskan yurtimizdagi xayrli bunyodkorlik ishlarining yorqin namunasi bo‘ldi.

Tadbir yakunida nuroniylar va jamoatchilik vakillari tomonidan yurt tinchligi hamda ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqqiga xayrli duolar qilindi. 


Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi! Ramazon tuhfasi: Urganchda qayta qurilgan “Qambar bobo” masjidi ochildi!
Dunyo yangiliklari