V Ministerstve zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan 2 aprelya sostoyalas vstrecha s delegatsiyey Mejdunarodnoy organizatsii po migratsii (MOM) vo glave s yee generalnim direktorom Uilyamom Svingom.
V ney prinyali uchastiye regionalniy koordinator MOM po Sentralnoy Azii Deyan Keserovich, programmniy sotrudnik po svyazyam s Uzbekistanom koordinatsionnogo ofisa MOM po Sentralnoy Azii S.Toshbayev, predstaviteli Generalnoy prokuraturi i Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan.
Generalniy direktor MOM U.Sving podcherknul, chto provodimie pod rukovodstvom Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva reformi vizivayut pozitivnie otkliki vo vsem mire. Otmetiv uspeshno provedennuyu 26-27 marta 2018 goda Tashkentskuyu mejdunarodnuyu konferensiyu visokogo urovnya po Afganistanu «Mirniy protsess, sotrudnichestvo v sfere bezopasnosti i regionalnoye vzaimodeystviye», on visoko otsenil osushestvleniye Strategii deystviy po pyati prioritetnim napravleniyam razvitiya Respubliki Uzbekistan v 2017-2021 godax i podcherknul uspexi nashey strani v realizatsii pravovix mexanizmov podderjki trudovix migrantov i protivodeystviya torgovle lyudmi.
V xode vstrechi obsujdeni voprosi vzaimodeystviya Uzbekistana s MOM po okazaniyu pomoshi migrantam, virabotke pravovix mexanizmov regulirovaniya migratsionnix potokov. Otmechalos, chto s 2016 goda v Uzbekistane realizuyutsya sovmestnie proyekti v sferax protivodeystviya torgovle lyudmi, borbi s ekstremizmom.
Na vstreche obsujden vopros prisoyedineniya Uzbekistana k Mejdunarodnoy organizatsii po migratsii. Otmecheno, chto Uzbekistan, ne yavlyayas chlenom dannoy organizatsii, dostatochno aktivno uchastvuyet v proyektax, initsiiruyemix MOM. Vmeste s tem vstupleniye v MOM dast vozmojnost Uzbekistanu imet shirokiy potensial dlya boleye tesnogo sotrudnichestva s gosudarstvami-chlenami kak na mnogostoronnem urovne, tak i v dvustoronnem formate.
Generalniy direktor MOM bil proinformirovan, chto v nastoyasheye vremya idet podgotovka pravovoy bazi dlya posleduyushey podachi zayavki na chlenstvo v etoy avtoritetnoy organizatsii. Uilyam Sving, v svoyu ochered, zaveril uzbekskuyu storonu, chto MOM okajet vsemernoye sodeystviye v prinyatii Uzbekistana v ryadi organizatsii.
Delegatsiya MOM v etot je den provela peregovori v ryade ministerstv i vedomstv nashey strani.
http://ut.uz/ru/politika/uzbekistan-i-mom-budut-razvivat-sotrudnichestvo-po-okazaniyu-pomoshchi-migrantam/
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا أَكَلَ أَحَدُكُمْ فَلْيَذْكُرِ اسْمَ اللهِ، وَإِنْ نَسِيَ أَنْ يَذْكُرَ اسْمَ اللهِ فِي أَوَّلِهِ فَلْيَقُلْ بِسْمِ اللهِ أَوَّلَهُ وَآخِرَهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon birortangiz taom yesa, Allohning ismini zikr qilsin. Agar avvalida Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, «Bismillahi avvalahu va axirohu» desin», dedilar» (Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar).
Ba’zan taom tanovul qilish paytida inson shoshilib, «Bismillah»ni aytish esidan chiqib qoladi. Bir oz yeganidan keyin «Bismillah»ni aytmagani esiga tushib qoladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflariga binoan, ana shunday vaqtda «Bismillahi avvalahu va axirohu» demog‘i lozim.
Bu jumlaning ma’nosi «avvalida ham, oxirida ham Bismillah» degani bo‘lib, taomning barakasini qaytaradi va unga shayton sherik bo‘lishini qirqadi.
وَعَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَأْكُلُ فِي سِتَّةٍ مِنْ أَصْحَابِهِ فَجَاءَ أَعْرَابِيٌّ فَأَكَلَهُ بِلُقْمَتَيْنِ، فَقَالَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَمَا إِنَّهُ لَوْ سَمَّى كَفَاكُمْ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ.
Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining oltita sahobalari bilan taom yemoqda edilar. Bir a’robiy kelib, ikki luqmada (hammasini) yeb qo‘ydi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Agar u tasmiya aytganida, hammangizga yetar edi», dedilar» (Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan).
Bu hadisi sharifda har bir odam taomni «Bismillah»ni aytib yesa, u barakali bo‘lishiga dalolat bor.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va u kishining olti sahobalari albatta «Bismillah»ni aytib, so‘ng taom yeyishni boshlaganlar. Ammo haligi a’robiyning «Bismillah»ni aytmay taom yegani barakani qochirdi.
وَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جَالِسًا وَرَجُلٌ يَأْكُلُ فَلَمْ يُسَمِّ حَتَّى لَمْ يَبْقَ مِنْ طَعَامِهِ إِلَّا لُقْمَةٌ، فَلَمَّا رَفَعَهَا إِلَى فِيهِ قَالَ: بِسْمِ اللهِ أَوَّلَهُ وَآخِرَهُ، فَضَحِكَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثُمَّ قَالَ: مَا زَالَ الشَّيْطَانُ يَأْكُلُ مَعَهُ، فَلَمَّا ذَكَرَ اسْمَ اللهِ اسْتَقَاءَ مَا فِي بَطْنِهِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan edilar. Bir kishi taom yer edi. U tasmiya aytmadi. Faqat bir luqma taom qolgandagina «Bismillahi avvalahu va axirohu» dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam kuldilar va:
«Shayton u bilan taom yeb turdi. Allohning ismini zikr qilganida qornidagi narsani qusib yubordi», dedilar» (Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilganlar).
Bu ham barchamiz uchun dars. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bor joydagi har bir o‘tirish, harakat va sakinat hammaning diqqat e’tiborida bo‘lishi ma’lum.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan joyda bir odam «Bismillah»ni aytmay, taom tanovul qila boshladi. Hamma damini ichiga yutib, nima bo‘lar ekan, deb kutib turdi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam esa indamas edilar. Haligi kishi esa taom yeyishda davom etar edi. Endi nima bo‘ladi? Atigi bir luqma taom qolganda birdan esiga tushib qolib:
«Bismillahi avvalahu va axirohu» dedi».
Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam kuldilar va: «Shayton u bilan taom yeb turdi. Allohning ismini zikr qilganda qornidagi narsani qusib yubordi», dedilar».
Demak, taomni «Bismillah»ni aytmay yegan odam bilan birga shayton ham uning taomidan qo‘shilishib yeb turar ekan.
Bu esa ham gunoh, ham taomning barakasini qochirishdir. Shuning uchun bu masalaga juda ehtiyot bo‘lmoq kerak. Mabodo avvalida aytish esdan chiqib qolgan bo‘lsa ham, eslagan zahoti aytish lozim.
Allohning ismini zikr qilib, so‘ng taom yeyishni boshlash islomiy ovqatlanish madaniyatining boshida turadi.
Albatta, taom Alloh taolo tomonidan bandaga beriladigan ulkan ne’mat ekanligi hech kimga sir emas. Doimo Allohni eslab turishi lozim bo‘lgan banda uchun ne’matga erishgan paytda ne’mat beruvchi Zotni eslash zarurati yana ham ortadi. Ana shunday paytda Allohni – ne’mat beruvchi Zotni esidan chiqargan odam xato qilgan bo‘ladi. Agar o‘zi eslab, xatosini to‘g‘rilasa, yaxshi. Agar uning esiga tushmasa, atrofdagilar unga eslatib qo‘yishlari lozim. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam doimo shunday qilganlar.
«Hadis va hayot» kitobi 16-juzidan