Savol: Televizorga qarab Baytul Haramda o‘qilayotgan namozlarga, jumladan, taroveh namoziga iqtido qilsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q. Chunki u holda jamoat shartlari mavjud emas.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Men qorin tarafdan operatsiya bo‘ldim va qornimning 25 sm joyi tikildi va bint qo‘yilgan. Doktorlar suv teksa yiringlaydi umuman suv tegmasin deyishdi. Ehtilom bo‘lib qolsam yo ayolim bilan qo‘shilsam, qanday g‘usl qilaman? Hamma yerimga suv tekkizib, bint turgan joyiga mas'h tortsam g‘uslim o‘tadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, siz aytgan ko‘rinishda g‘uslingiz durust bo‘ladi. Islom dinining asosiy tamoyillaridan biri zararni daf qilishdir. Shuning uchun ibodatlarda bu narsaga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, tahorat va g‘usl qiluvchiga suv holatni og‘irlashtiradigan o‘rinlarda tayammum qilishga ruxsat berilgan. Bunda qoida shuki, badanining aksar qismiga suv tekkizish bemorlikka sabab bo‘lsa yoki kasallikni tuzalishini ortga surib yuboradigan bo‘lsa, shunda g‘usl qilmasdan tayammum qilinadi. Shuning uchun badanning yarmidan ko‘proq qismiga suv ishlatish imkoni bo‘lsa, o‘sha joylar to‘liq yuviladi, qolgan qismiga mas'h tortiladi. Vallohu a’lam!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.