Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Respublika bosqichiga chiqish uchun kurash qizg‘in ketmoqda (foto)

17.02.2018   3969   1 min.
Respublika bosqichiga chiqish uchun kurash qizg‘in ketmoqda (foto)

Jizzax viloyati Zomin tumani “Ma’rifatli” jome masjidida davom etayotgan Qur’on musobaqasining viloyat bosqichi eng qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Ulug‘ allomalar yurti bo‘lgan Jizzax zaminining eng kuchli, xushsavt va bulbul qorilarining Respublika bosqichiga chiqish uchun sa’y-harakatlari juda shiddat bilan ketmoqda.
Barcha ularning Qur’on tilovatlarini jon qulog‘i bilan eshitmoqda. Zero, Qur’on o‘qilganda, mo‘min-musulmon banda butun vujudi bilan Kalomullohga some bo‘ladi. Chunki Alloh taolo bizni Qur’onni diqqat-e’tibor bilan tinglashga buyurgan: “Qur’on o‘qilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysiz!” (A’rof, 204).
Qur’on o‘qish yoki eshitish uchun xayolni bir yerga jamlanadi. Zero, Qur’on ojiz bandaning oddiy so‘zi emas, Buyuk Allohning mo‘jizaviy Kalomidir.
Qorilarning Respublika bosqichiga chiqish uchun harakatlarini jonli tarzda kuzatishda davom eting.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Yurakni baquvvat qiladi

23.07.2025   4364   1 min.
Yurakni baquvvat qiladi

وحدثنا محمد بن علي أبو جعفر نا عبيد الله بن محمد التيمي نا عبد الرحمن نا طلحة بن يحيى عن أبيه عن طلحة بن عبيد الله قال: دخلت على رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم وفي يده سفرجلة فألقاها إلي أو قال: رمى بها إلي وقال:  دونكها يا أبا محمد فإنها تجم الفؤاد.


Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlariga kirdim. U zotning qo‘llarida bir behi bor edi. Uni menga tashlab [yoki menga otib]: “Ol, senga, ey Abu Muhammad, chunki u yurakni baquvvat qiladi”, dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD