Dinimiz insonni odobli, axloqli, tartib-intizomli bo‘lishga chorlaydi. Salom berish – odobning boshi, insonning ko‘rkidir. Bu haqda Qur’oni karimda shunday deyiladi: “Qachon uylarga kirsangiz, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak, pokiza salomni aytingiz (ya’ni “Assalomu alaykum” deng!)” (Nur surasi, 61-oyat). “Salom” so‘zining ma’nolaridan biri tinchlik bo‘lib, salom bergan kishi tinchlik-xotirjamlik tilagan bo‘ladi. Salomlashishda hikmat ko‘p. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Toki imon keltirib mo‘min bo‘lmaguningizcha hargiz jannatga kirmaysiz. Bir-biringizga nisbatan mehru muhabbat hosil qilmaguningizcha mo‘min bo‘la olmaysiz. Men sizlarga bir amalni o‘rgataman, agar uni qilsangiz bir-biringizga nisbatan mehr-oqibat paydo bo‘ladi: o‘zaro o‘rtangizda salomni oshkora qiling!”
Har bir narsaning odobi bo‘lgani kabi salom berishning ham o‘ziga yarasha odoblari mavjud. Alloh taolo Qur’oni karimda: “Qachon sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz yoki o‘sha (ibora)ni qaytaringiz”, deb buyuradi (Niso surasi, 86-oyat).
Calom beruvchi “Assalomu alaykum” desa, “Va alaykum assalom» yoki «Va alaykum assalom va rohmatulloh”, deb alik olinadi. Piyodaga ulovdagi odam, ko‘pchilikka ozchilik, o‘tirgan yoki o‘rnida turganga yurgan kishilar salom beradi. Lekin kichikdan oldin katta yoshdagi odam kamtarlik uchun salom bersa, bu fazilatdir. Salom berish sunnat, alik olish esa vojib amaldir.
Bolalikdan bu yaxshi odatga o‘rganib borilmasa, kishi jamiyatda insonlar bilan munosabatga kirishib ketishda muammolarga duch kelishi mumkin. Vaholanki, muomala madaniyatining boshlanishi salomlashish odobidir. Salom kalimalarini to‘g‘ri va to‘liq talaffuz qilmaslik salomning ma’nosini buzilishiga sabab bo‘ladi. Salomlashish insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni mustahkamlaydi.
Botir NOSIROV,
Xovos tumani “Husnobod” jome masjidi imom-xatibi
O‘MI Matbuot xizmati
F.Abduxoliqov mamlakatimiz nomidan JMLning islom olamidagi sa’y-harakati, xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini e’tirof etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida o‘tkazilgan Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan birinchi xalqaro tadbirda Bosh kotib musulmon xalqlari vakili sifatida qilgan ma’ruzasini yuqori baholadi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA