Zarcho‘va – foydali ziravor. Biz odatda undan osh tayyorlashda foydalanamiz. Biroq Hindiston, Pokistonda va boshqa bir qator Sharq mamlakatlari bu ziravorni har kuni iste’mol qiladi, deb xabar beradi O‘zA.
Zarcho‘va qon aylanish tizimini yaxshilash, qandli diabet, bo‘g‘im og‘rig‘i, oshqozon-ichak, shamollash kabi kasalliklarni davolashda juda foydali. Chunki zarcho‘vaning ildizi bu kuchli oksidant, kurkumin deb ataluvchi sariq rangli pigment, shuningdek, kalsiy, temir, yod, fosfor, kalsiy, S va V gruppasiga kiruvchi vitaminlar, efir moyi va boshqa moddalarga boy.
Kaliforniya universiteti olimlari xulosasiga ko‘ra, zarcho‘va qo‘shilgan taomni har kuni iste’mol qilish sog‘lom insonda xotirani yaxshilash va aqliy zaiflik alomatlari bilan kurashishga yordam berar ekan. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Bu ziravorining foydali xususiyatlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazildi. Unda 50 dan 90 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar ishtirokchida bu jarayon o‘rganildi. Parishonxotirlik va xotiraning yomonlashganidan shikoyat qilgan ishtirokchilar o‘n sakkiz oy mobaynida dori o‘rnida platsebo yoki 90 milligramm kurkuminni (zarcho‘va ildizidan olinadigan modda) kuniga ikki mahaldan qabul qilgan.
Tekshiruv va diqqatni aniqlashtiruvchi test natijalariga ko‘ra, ularning e’tibor jamlashi 28 foizga yaxshilangan. Xushbo‘y ziravor ular kayfiyatiga ijobiy ta’sir etgan. Ammo bunda ziravorning noxush asorati ham aniqlandi. Kurkumin moddasini qabul qilgan to‘rt kishi qorindagi og‘riq va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا العباس الدوري نا أحمد بن حنبل نا عبد الرزاق أنا معمر عن منصور عن أبي وائل عن عبد الله بن مسعود أن رجلا قال: يا رسول الله كيف لي أن أعلم إذا أحسنت وإذا أسأت قال: ” إذا سمعت جيرانك يقولون: إنك قد أحسنت فقد أحسنت وإذا سمعتهم يقولون: إنك قد أسأت فقد أسأت.“
Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, bir kishi bunday debdi: “Yo Allohning Rasuli, yaxshilik yoki yomonlik qilganimni qayerdan bilaman?” dedi.
U zot alayhissalom: “Qachon qo‘shnilaringdan yaxshi ish qilding, deganini eshitsang, demak, yaxshi ish qilibsan. Agar qo‘shnilaringdan yomonlik qilding, deganini eshitsang, demak, yomon ish qilgan bo‘lasan”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi