Qoraqalpog‘iston Respublikasida g‘oliblar ma’lum bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichlari g‘oliblari nomi e’lon qilindi.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Ametniyazov Nurmuhammad
2. Qulaboyev Ikram
3. Boranbayev Aybek
26-40 yosh
1. Rafelapov Sultanboy
2. Djulaushiyev Aybek
3. Allambergenov Ilham
Hududiy bosqichning g‘oliblari O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi", dedilar.
"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.
U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).