Kecha, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan “Haj–2018” mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari O‘tkirbek Hasanboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘limi mudiri Jaloliddin Nuriddinov va Toshkent islom universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hamidbek Hasanovdan iborat delegatsiya kecha Jidda shahriga yetib borishdi.
Safar davomida O‘zbekiston haj delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida “Haj–2018” mavsumining tashkiliy ishlari muhokama qilinadi. Shu yo‘nalishlarda, Saudiya Arabistonining Makka, Madina va Jidda shaharlarida joriy yil Haj mavsumida Vatanimiz hojilariga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting, ushbu safar jarayonlari, yangiliklar va o‘zgarishlar haqida batafsil yoritib boramiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 11 noyabr kuni Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan shahar-tuman bosh imom-xatiblari ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "Ey bandalarim…" Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.
Kitob taqdimotida viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov tomonidan ushbu kitob ayni damda juda dolzarb ekanligi, bu kitobdagi mavzular dinimizning asoslari, hukmlar, odoblari haqida hadislardan olinadigan hikmat va foydalar haqida keng ma’lumotlar berilganligini ta’kidlab o‘tildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi Matbuot xizmati