Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447

Eri vafot etgan yoki ajrashgan ayol qancha muddatdan so‘ng turmushga chiqadi?

26.12.2017   16535   3 min.
Eri vafot etgan yoki ajrashgan ayol qancha muddatdan so‘ng turmushga chiqadi?

Ba’zan ayollarga xos muhim masalalarda savollar tushadi. Jumladan, idda va uning mohiyati haqida bilishni istaganlar ko‘p.

«Idda» so‘zi lug‘atda «sanash», «hisoblash» ma’nolarini bildiradi. Shariatda esa, eri vafot etgan yoki eridan ajrashgan ayol turmush qurmay turishi lozim muddat “idda” deyiladi.

Iddaning hikmati: birinchidan, eridan ajragan ayol homiladormi-yo‘qmi aniqlanadi, bu bilan nasl aralashib ketishi oldi olinadi. Ikkinchidan, o‘lgan erning hurmati bajo keltiriladi. Uchinchidan, er bilan birga o‘tkazilgan oila hayotining hurmatidan ham  idda o‘tiriladi.

Angliyalik olimlar bir erkak bilan yashab turib, orada tanaffus qilmay ikkinchi er bilan yashay boshlagan ayollarning bachadonlarida og‘ir kasallik paydo bo‘lishini ilmiy jihatdan isbot qilishdi.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Taloq qilingan ayollar, o‘zlaricha uch quru’ kutadilar. Ularga Alloh  ularning bachadonlarida yaratgan narsani yashirishlari halol emas. Agar Allohga va oxirat kuniga imonlari bo‘lsa» (Baqara, 228).

Ushbu oyatda taloq qilingan hayz ko‘radigan ayolning idda muddati bayon qilingan.  Oyati karimadagi «quru’» so‘zi poklik va hayz ma’nolarini anglatadi. Hanafiy mazhabimizda uning hayz ma’nosi olingan. Eridan ajralgan xotin iddasi taloqdan so‘ng uch hayz ko‘rib, uchinchi hayzidan pok bo‘lishi bilan tugaydi.

Alloh taolo ayollarning bachadonlarida yaratgan narsa homiladir. Ajralishgan mo‘mina-muslima ayol homilador bo‘lsa, homilam yo‘q, uch marta hayz ko‘rdim, deb boshqa erga tegib ketmasligi lozim.

Taloq surasining oltinchi oyatida bunday deyilgan:

«Ayollaringizdan hayzdan umidsiz bo‘lganlarining  iddalari, agar shubha  qilsangiz, uch oydir.  Hayz  ko‘rmaganlarining ham. Homiladorlarning belgilangan muddati homilalarini qo‘yishlaridir».

Yoshi o‘tgani tufayli hayz ko‘rishdan qolgan ayollarning taloqdan keyingi iddasi uch oy. Turli sabablarga ko‘ra hayz ko‘rmaydigan ayol eri bilan ajralishsa, uch oy idda o‘tiradi. Homilador ayol taloq qilinsa, ko‘z yorishi bilan iddasi chiqadi.

Imom Termiziy keltirgan rivoyatda:

«Subay’a roziyallohu anho erining o‘limidan yigirma uch yoki yigirma besh kun o‘tib tug‘di. So‘ngra nikohlanmoqchi bo‘ldi. Bu narsa unga inkor qilindi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ma’lum qilinganida: “Agar erga tegmoqchi bo‘lsa, muddati keldi”, dedilar», deyilgan.

Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi:

«Qachon mo‘minalarni nikohlab olsangiz, so‘ng ularga (qo‘l) tegizmay turib taloq qilsangiz, siz uchun ular idda saqlash majburiyatida emaslar» (Azhob, 49).

Nikoh aqdidan so‘ng birga yashamay ajralishgan ayol idda o‘tirmaydi.

Baqara surasining ikki yuz o‘ttiz to‘rtinchi oyatida bunday deyilgan:

“Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari o‘zlaricha to‘rt oy o‘n kun kutarlar”.

Eri o‘lgan har bir ayol umr yo‘ldoshi hurmati uchun to‘rt oy o‘n kun idda o‘tirishi vojib bo‘ladi.

 

O‘MI Matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Mo‘min va fojir vafot etsa

21.07.2025   1861   1 min.
Mo‘min va fojir vafot etsa

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan bir janoza olib o‘tildi, shunda u zot alayhissalom: "Tin oluvchi va undan tin olinuvchi"dedilar.

"Yo Allohning Rasuli, tin oluvchi va undan tin olinuvchi nima?" deyishdi.

U zot alayhissalom: "Mo‘min banda (vafot etsa) dunyoning qiyinchiliklaridan istirohat oladi. Fojir banda (o‘lsa) undan bandalar, elu yurtlar, dov-daraxtlar va jonzotlar qutuladilar"dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyati).

 

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Birortangiz vafot etganida unga o‘rni ertayu kech ko‘rsatib turiladi: agar jannat ahlidan bo‘lsa, jannat ahlidan ekani, do‘zax ahlidan bo‘lsa, do‘zax ahlidan ekani. "Alloh seni qiyomat kuni qayta tiriltirgunicha sening o‘rning mana shudir", deyiladi", dedilar» (Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishgan).