Sayt test holatida ishlamoqda!
01 Dekabr, 2025   |   10 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:05
Quyosh
07:29
Peshin
12:17
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
01 Dekabr, 2025, 10 Jumadul soni, 1447

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam – buyuk xulq sohibi» nomli siyrat musobaqasi

13.12.2017   7914   1 min.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yozilgan maktublarni eshitib, u kishiga bo‘lgan muhabbatingiz yanada jo‘shib, ko‘zingizdan qaynoq yosh oqishini istasangiz, marhamat «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam – buyuk xulq sohibi» nomli siyrat musobaqasini tomosha qiling.

Siyrat
Boshqa maqolalar

Ulug‘lar vasila qilinsa...

28.11.2025   3834   1 min.
Ulug‘lar vasila qilinsa...

“Abu Ali G‘assoniy aytadi: Abu Fath Nasr ibn Hasan Sakatiy Samarqandiy hijriy 464 (milodiy 1072) yili bizning huzurimizga keldi. Bir necha yillardan beri Samarqandda qurg‘oqchilik hukm surardi. Odamlar qayta-qayta istisqo qilib, Allohga duo-iltijo etsalar ham, yomg‘ir yog‘mayotgandi. Shunda taqvodorligi bilan tanilgan bir solih kishi Samarqand qozisining oldiga borib:

– Menda bir taklif bor, – dedi.

– Qanday fikr ekan? – so‘radi qozi.

– Siz boshchiligingizda Imom Muhammad Ismoil Buxoriyning qabri yoniga jamoat bilan borib, u zotni vasila qilgan holda Allohga iltijo qilsak. Shoyad, Alloh bizga yomg‘ir yog‘dirsa", dedi.

Qoziga bu taklif ma’qul bo‘lib, odamlar to‘planib, qabr sohibi Imom Buxoriyni o‘rtaga qo‘yib Allohga yig‘lab iltijo qilishdi. Va nihoyat, Alloh taolo ularga yomg‘irni yubordi. Bir hafta davomida tinimsiz yomg‘ir yog‘di. Odamlar yomg‘ir tinishini kutib bir hafta Xartangda qolib ketishdi”.

Imom Zahabiyning

“Siyari a’lom an-nubala” asaridan

Maqolalar