Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Yanvar, 2026   |   14 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:32
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:29
Bismillah
03 Yanvar, 2026, 14 Rajab, 1447

Kutubxona bo‘limi

24.11.2017   48141   3 min.
Kutubxona bo‘limi

Bo‘lim faoliyati:

Qabul vaqtlari

Dushanbadan Jumagacha

Telefon raqami

+99871 240-08-31

Elektron pochta

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi diniy idora asoschisi, marhum ustoz muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon (1860-1957y.) xazratlari tomonidan 1943 yilda ming nus'hadan ortiq nodir qo‘lyozma kitob hisobiga tashkil etilgan.

Navoiyshunos, bedilshunos olim Alauddinov Nodirxon domla (1899-1975 y.) 1943 yildan 1970 yillargacha kutubxonani xalqdan sotib olingan va hadya qilingan qo‘lyozma hamda toshbosma yodgorliklar bilan boyitdi. Xorijiy davlatlardan keltirilgan kitoblar va davriy jurnallar ham kutubxonaning alohida katta majmuini tashkil etadi. Hozir kutubxonada 20 mingga yaqin diniy va ilmiy kitoblar saqlanadi. Shulardan 3 minga yaqini nodir qo‘lyozmalardir.

Kutubxona fondida saqlanayotgan nodir  qo‘lyozmalar asosida  “Hazrati Imom” majmuasida joylashgan “Mo‘yi Muborak” madrasasida  ko‘rgazma tashkil etilgan bo‘lib, ko‘rgazmadagi eng qadimiy kitob uchinchi xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) buyruqlariga asosan VII asrda (644-648 mil.) kiyik terisiga ko‘chirtirilgan Qur’oni karimdir.

Kutubxona xazinasida VIII asrga oid “Katta Langar” nomi bilan mashhur bo‘lgan Qur’on nusxasi ham saqlanadi. Shu bilan birgalikda  IX – XIX asrlarda ko‘chirilgan diniy va ilmiy nodir qo‘lyozma kitoblar mavjud.

Kutubxonaning asasiy fondi O‘MI yangi ma’muriy binosida joylashgan bo‘lib, kitoblarni talab darajasida saqlashlik uchun to‘liq sharoit yaratilgan. Ammo ulardan zamon talablari darajasida foydalanish qanday ahvolda, deb so‘rashingiz mumkin. 2007 yil Prezidentimiz kutubxonaga tashrifi chog‘ida shu savol yuzasidan kitoblarni elektron katalog tizimini yaratish borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Shunga bilan kitob hazinamizda saqlanayotgan nodir qo‘lyozma asarlarni o‘rganish, foydalanishda kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida kitoblarning kompyuterlashgan elektron ro‘yxati (katalog tizimi) IRBIS 64 programmasi asosida ishlab chiqildi. Kitoblarning elektron ro‘yxati nafaqat kutubxonamiz xodimlari uchun, balki bu nodir kitob va qo‘lyozmalarga qiziqqan, ularni o‘rganish niyatida bo‘lganlar uchun ham qulaydir. Shu bilan birgalikda O‘MI kutubxonasi fondida saqlanayotgan nodir qo‘lyozma kitoblarni  kitobxonlarni qo‘liga bermasdan avaylab asrash kelajak avlodga bekami ko‘st yetkazish maqsadida nodir qo‘lyozma kitoblar CD-R diskiga ko‘chirilgan.

O‘MI kutubxona fondini qo‘lyozma hamda toshbosma kitoblar bilan boyitish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda kutubxonada turli tillarda tarjima va sharhlari bilan nashr qilingan Qur'oni karim kitoblari to‘planilmoqda. Jumladan, Finlandiya davlatidan fin tilida, Chexiya davlatidan chex tilida, Isroil davlatidan ibroniy  tilida, Shvetsiya davlatidan shved tilida, Bangladesh davlatidan bengal tilida, Polsha davlatidan polyak tilida, Qozog‘istondan qozoq tilida kitoblar yig‘ildi. Shuningdek, kutubxonada ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, yapon, hind, fors, azari, urda jami 45 dan oshiq turli davlat tillariga tarjima qilingan Qur’oni karim kitoblari kolleksyasi yig‘ildi.

 Bo‘lim xodimlari:

  1. Murodjon G‘ulomov  kutubxona bosh mutaxassisi  
  2. Sobirjon Arziqulov kutubxona bosh mutaxassisi 
  3. Abdullayeva Feruza kutubxona 2-darajali mutaxassisi 

Idora faoliyati
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)

28.12.2025   9760   1 min.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)

Shu yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi mutaxassislar uchun tashkil etilgan mehnat qonunchiligi bo‘yicha o‘quv kurslari yakunlanib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 
 

Zamonaviy boshqaruv tizimida mehnat qonunchiligini mukammal bilish — har bir mutaxassis uchun nafaqat majburiyat, balki xodimlar huquqlarini himoya qilish va adolat mezonlarini ta’minlash garovidir.


 O‘quv dasturi davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
 * Mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirish;
 * Mehnat kodeksini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash;
 * Ish jarayonini qonun hujjatlariga muvofiq tizimlashtirish.


Olingan bilim va tajriba Idora faoliyatini yanada shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Barcha sertifikat sohiblariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

«YURIST VA KADR» NTM

 

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+) Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari