Bo‘lim mudiri |
Islomiddin Zuhriddinov |
Qabul vaqtlari |
Dushanbadan Jumagacha, 09-00 dan 17-00 gacha |
Telefon raqami |
+99871 150-64-17 |
Elektron pochta |
|
Bo‘lim faoliyatidan lavha |
Idora, bo‘limlar, masjidlar, ziyoratgohlar va boshqa tizimdagi muassasalarda rahbariyat ko‘rsatmasi asosida nazorat-taftish o‘tkazadi; reja asosida viloyatlarga xizmat safariga chiqib, masjidlarning moliyaviy faoliyatini o‘rganadi; yil davomida har chorakda shahar va viloyat bosh imom-xatiblarining moliyaviy ishlari bo‘yicha yordamchilari (muhtasib) bilan majlis o‘tkazadi; belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘lay olmagan masjidlarning ahvolini o‘rganadi; vakillik va viloyatlar masjidlari xodimlarining oylik maoshi, daromad solig‘i, kommunal to‘lovlar va turli majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanib borishini ta’minlaydi; idora tasarrufidagi yordamchi xo‘jaliklar faoliyatini nazorat qiladi; Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro markazlari va vakilliklarning yillik harajatlar smetasini tayyorlashda ularga yaqindan yordam beradi hamda ularning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladi; har chorakda idora tasarrufidagi barcha masjidlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladi; idoradan moddiy yordam so‘rab murojaat etgan masjid va bilim yurtlar moliyaviy ahvolini o‘rganib chiqib, idora rahbariyatiga taqdim etadi; masjid va ziyoratgohlar tomonidan amalga oshirilgan xayriya ishlarining ma’lumotini olib boradi; Bo‘limda Oybek Xushvaqov – Muhtasiblik bo‘limi bosh mutaxassisi; Baxtiyor Abdullayev – Muhtasiblik bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat olib borishadi. |
Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.
– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.
Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.
– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.
“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri