Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Yanvar, 2026   |   14 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:32
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:29
Bismillah
03 Yanvar, 2026, 14 Rajab, 1447

Tasavvuf maktabi ish boshladi

13.11.2017   10227   2 min.
Tasavvuf maktabi ish boshladi

Bugun Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi ochildi.

Tasavvuf maktabida tinglovchilarga asosan naqshbandiya ta’limoti o‘rgatiladi. Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan va aholimiz o‘rtasida keng tarqalgan, mamlakatimiz tarixida o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy ahamiyat kasb etgan kubraviya yassaviya hamda qodiriya tariqatlari o‘rganilishiga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Tasavvuf maktabida quyidagilar o‘qitiladi.

Darslarda tasavvuf shayxlari, xususan, naqshbandiya shayxlarining hayot yo‘llari, turmush tarzi haqidagi kitoblar o‘qitiladi.

Tariqat pirlari nasihat sifatida aytgan hikmatli so‘zlar sharhlanadi. Ruhiy tarbiyaga oid kitoblar o‘qitiladi.

Tinglovchilarga muntazam ravishda arab va fors tilidan saboq beriladi, tarixiy manbalarni o‘qish jarayonida til qoidalari tushuntirilib, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlab boriladi.

Zamonaviy tasavvufshunoslik fanida tasavvuf ta’limoti borasida amalga oshirilgan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, nashrlar, zamonaviy tariqatchilik harakatlari xususida so‘z yuritiladi. O‘zbekistondan yetishib chiqqan tasavvufshunos olimlar Aziz Qayumov, Orif Usmon, Najmiddin Komilov, Homidjon Islomiy, Sadriddin Salim Buxoriy, Abdug‘afur Razzoq Buxoriy, B.Bobojonov, E.Karimov; Rossiyalik olimlar O.Akimushkin, Ye.Bertels, N. Semyonov, A.Xismatullin; Najdat Tusun, Mahmud As’ad Jo‘shon, Hasan Komil Yilmaz; G‘arb sharqshunoslaridan Yu.Paul, X.Algar, J.Gross, J.Trimingem, Anke fon Kyugelgen kabilarning ilmiy tadqiqotlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Bundan tashqari tasavvuf ilmiy maktabi faoliyatining istiqboldagi rejalari qatoriga ilmiy ishlar ­­– tasavvufga oid asarlar tarjimasi hamda ularni chop qilish ishlarini ham kiritish mumkin. Bularga Gulchehra Navro‘zova, Erkin Zoirov, Halim To‘rayev, Bobir Namozov, Samad Azimov va boshqa bir qator mutaxassislarning arab, fors va nemis tillaridagi kitoblarni o‘zbek va rus tillariga tarjima va sharhlar qilinib nashrga tayyorlanayotganini misol qilish mumkin.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili ushbu ilmiy maktabning rahbari Mansur Nurullayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, shoira, tarjimon, jurnalist Ibodat Rajabova, Buxoro davlat badiiy memorchilik muzey qo‘riqxona huzuridagi arab yozuvidagi qo‘lyozmalarni o‘rganish ilmiy markazi mudiri Axtam Axmedovlardan iborat tarjimonlar jamoasi sifatida ish olib borib, bir qator kitoblarning tarjima qilinishi tasavvuf ilmiy maktabining istiqboldagi rejalarini ko‘rsatadi.

O‘MI Buxoro viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)

28.12.2025   9754   1 min.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)

Shu yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va tizimdagi mutaxassislar uchun tashkil etilgan mehnat qonunchiligi bo‘yicha o‘quv kurslari yakunlanib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. 
 

Zamonaviy boshqaruv tizimida mehnat qonunchiligini mukammal bilish — har bir mutaxassis uchun nafaqat majburiyat, balki xodimlar huquqlarini himoya qilish va adolat mezonlarini ta’minlash garovidir.


 O‘quv dasturi davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
 * Mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirish;
 * Mehnat kodeksini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash;
 * Ish jarayonini qonun hujjatlariga muvofiq tizimlashtirish.


Olingan bilim va tajriba Idora faoliyatini yanada shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Barcha sertifikat sohiblariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

«YURIST VA KADR» NTM

 

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+) Mehnat qonunchiligi bo‘yicha malaka oshirildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari