Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHdagi terakt yuzasidan ta’ziya bildirdi

01.11.2017   5134   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSHdagi terakt yuzasidan ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampga Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan terakt yuzasidan hamdardlik bildirdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan va 15 nafar shaxs jarohatlangan.

Hamdardlik maktubi matni quyidagicha:

“Hurmatli Prezident Janoblari!

Nyu-Yorkda begunoh kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati yuzasidan ta’ziyamni qabul qiling.

Bunday shavqatsiz jinoyatni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi. Biz ekstremizm va terrorizmning har qanday shakli va namoyonini qoralaymiz.

Bu fojea shunday g‘ayriinsoniy muammolarga qarshi kurashishda xalqaro hamjamiyatni birlashishi zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekiston, o‘z navbatida, mazkur terrorchilik harakatni tergov qilishga yordam berish uchun bor kuch va vositalardan foydalanishga shay.

Biz Amerika qo‘shma shtatlari xalqiga hamdardlik bildiramiz.

O‘z ta’ziya so‘zlarim va yaralanganlarga tezkorlik bilan tiklanish istaklarimni yetkazishingizni so‘rayman” deyiladi maktubda.

Ma’lumot uchun, 1 noyabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten shahrida kichik yuk mashinasi veloyo‘lak orqali katta tezlikda harakatlanib, yo‘lida uchragan velosipedchilarni urib yuborgan. Keyinchalik mashina maktab avtobusiga borib urilib to‘xtagan. Politsiya avtomobil haydovchisini yaralagan va qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Haydovchi 29 yoshli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov ekanligi aniqlangan. U ISHID guruhi a’zosi ekanligi gumon qilinayotgani aytilmoqda. Sayfullo Soipov Qo‘shma Shtatlarga 2010 yilda ko‘chib kelgan.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   140   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar