Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Noyabr, 2025   |   20 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:45
Quyosh
07:06
Peshin
12:12
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:26
Bismillah
11 Noyabr, 2025, 20 Jumadul avval, 1447

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tender e’lon qiladi

24.10.2017   9053   1 min.
O‘zbekiston  musulmonlari idorasi tender e’lon qiladi

O‘zbekiston  musulmonlari idorasi 2018 yil Haj va Umra mavsumi ziyoratchilari uchun to‘rt valentlik, bir dozalik ACYW-135 meningokokk vaksinasi va mavsumiy gripp vaksinasini sotib olish yuzasidan tender e’lon qiladi.

Shuningdek,  2018 yil Haj va Umra mavsumi ziyoratchilari uchun O‘zbekiston ramzi tushirilgan kamzul va sumka tikib berish yuzasidan tender o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Hisob-kitob milliy valyutada pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi

Ma’lumot uchun telefonlar: (+99871) 240-18-58 (+99871) 150-18-58

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi

11.11.2025   746   1 min.
Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi

Bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Malayziyaning Tun Xusseyn Onn nomidagi davlat universiteti huzuridagi Islomshunoslik instituti rahbari Xairun Nizam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.  

Mehmonlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov qabul qildi va tashrif bilan qutlab, Diniy idora faoliyati, bo‘limlari, xususan, Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar bo‘limi haqida aytib o‘tdi.

Mehmonlar so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma’rifiy, turizm va boshqa sohalarda bo‘layotgan yangilanishlarni e’tirof etib, Islom sivilizatsiyasi markazi, qayta bunyod etilib, yanada chiroy ochgan Imom Buxoriy majmuasi, Mir Arab, Imom Moturidiy, Imom Termiziy va boshqa diniy oliy ta’lim maskanlari tashkil etilganidan mamnun bo‘lganliklarini aytib o‘tishdi.

Uchrashuvda ta’lim-fan, ilmiy tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik qilish, ilmiy-ma’rifiy tajriba almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalari haqida so‘z bordi.

Yakunda tomonlar bir-birlariga muvaffaqiyat tilab, esdalik uchun suratga tushib, esdalik hadyalari almashishdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi Malayziya delegatsiyasi Diniy idoraga tashrif buyurdi
O'zbekiston yangiliklari