Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Iyun, 2025   |   10 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:07
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:56
Xufton
21:33
Bismillah
06 Iyun, 2025, 10 Zulhijja, 1446

Yaxshilik qiluvchi hargiz toyilmas

09.10.2017   5033   2 min.
Yaxshilik qiluvchi hargiz toyilmas

Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Qilingan ezgu amal va yaxshiliklar yomon falokatu-halokatlar (xunuk va noxush o‘lim topish) saqlagay! Maxfiy qilingan sadaqa Alloh taoloning g‘azabini (bir rivoyatda “suv olovni o‘chirgani kabi” qo‘shimchasi ham bor) o‘chirgay! Silai rahm (qarindoshlik aloqalarini bog‘lash) umrga ziyodalik (bag‘ishlovchi)dir! (bir rivoyatda “va faqrlikdan saqlaydi” degan qo‘shimchasi ham bor). Har bir yaxshilik sadaqadir. Dunyoda yaxshilik qiluvchilar, Oxiratda ham yaxshilik ahli (qatorida) bo‘ladilar. Bu dundyoda yomonlik ahli (yomon ish qiluvchi) bo‘lganlar, Oxiratda ham yomonlik ahli (qatorida) bo‘ladilar! Jannatga birinchi bo‘lib kiruvchi (jamoa ham) yaxshilik ahlidirlar! (Imom Tabaroniy rivoyati).       

Ibn Abbos (roziyallohu anhu): “Yaxshilik qiluvchi dunyoda hargiz toyilmas, toyilsa ham, albatta, suyanchiq topa olur”, degan.

Ibn Munkadirdan “Amallarning qaysi biri eng afzal?” deb so‘radilar. Shunda: “Mo‘minning qalbiga xursandlik kiritish”, dedi. So‘ngra: “Dunyoda eng sevimli ishingiz nima?” deb so‘rashganda, u yana: “Yoru-do‘stlarga fazl qilish: ularga ham moddiy, ham jismoniy ko‘makchi bo‘lish”, deb javob berdi.

Vahb ibn Munabbih: “Dunyoda eng yaxshi hayot kechiruvchi kishi –  yashash sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda boshqalarning turmushini ham yaxshilash payida bo‘luvchi kishidir. Dunyoning eng lazzatli narsasi – yoru-do‘stlarga fazl qilishdir”, deb aytgan.

Shoir Abul Atohiya o‘z she’rida bunday degan:

Qo‘lingdan kelgancha qilib yaxshilik,

Birodaring g‘amlarin arituvchi bo‘l!

Mard yigitning eng yaxshi kuni axir,

Hojatlarni ravo qilgan kunidir! 

 

Bahodir BAHROMJON o‘g‘li

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta

maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

06.06.2025   4003   1 min.
Tuya qurbonlik qilishni istaysizmi?

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.

So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.

So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi",
dedilar.