Lotin tilidagi “surrogat” so‘zi o‘zbekchada “boshqasining o‘rniga qo‘yilgan” degan ma’noni bildiradi. Mohiyatiga ko‘ra, surrogat – biror narsaning o‘rniga ishlatiladigan, lekin uning o‘rnini bosa olmaydigan, uning xossalarigagina ega bo‘lgan narsadir. Masalan, saxarin – qandning surrogati, u qandning xossalariga ega bo‘lsa-da, uning o‘rnini bosa olmaydi.
Dunyoda surrogat onalik degan narsa paydo bo‘lganiga ancha vaqt bo‘lgan esa-da, buni ko‘pchilik davlatlar qo‘llab-quvvatlamaydi. Chunki surrogat onalik insoniyatning nasliga xavf soladi. Shu jihatini hisobga olib yaqinda Turkiyada surrogat onalik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atiladigan bo‘ldi. Bu tashabbusni “Organlarni va to‘qimalarni o‘stirish, saqlash va ko‘chirib o‘tkazish” to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish tarafdori bo‘lgan sog‘liqni saqlash vazirligi ilgari surdi.
Qonunni buzgan shaxslar 2 yildan 5 yilgacha qamalishi mumkin. Qonun loyihasida, asosan, homilaga olib keladigan urug‘lantirilgan tuxum hujayralarini surrogat onaga joylashtirish taqiqlanishi ko‘zda tutiladi. Sun’iy homilaga faqat, istisno tarzida qonuniy nikohda turgan er-xotinlarga “uchinchi shaxsning ishtirokisiz” ruxsat etiladi.
Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Jumaga erta borganga tuya qurbonlik qilganning savobi beriladi...
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qachonki, juma kuni bo‘lsa, masjidning eshiklaridan har bir eshikda farishtalar turadi va kelganni yozadilar. Qachonki imom kelsa, sahifalarni yopib, zikrni tinglashga kelurlar. Erta boruvchi xuddi tuya qurbonlik qilgan kabidir.
So‘ngra, xuddi qoramol qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi qo‘chqor qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tovuq qurbonlik qilgan kabi.
So‘ngra, xuddi tuxum qurbonlik qilgan kabi", dedilar.