Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Muborak Ramazon oyiga bag'ishlangan simpozium o'tkazildi

14.04.2023   3842   1 min.
Muborak Ramazon oyiga bag'ishlangan simpozium o'tkazildi

2023 yil 11 aprel' kuni muborak Ramazon oyini munosib nishonlash maqsadida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati virtual simpozium o'tkazdi. Simpozium tashkilot Bosh kotibiyati tomonidan Ramazonga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida o'tkazilib, uni Halqaro islom fiqhi akademiyasi qoshidagi Fatvolar va murojaatlar rasadxonasi rahbari, doktor Muhammad Mustafo Shuayb olib bordi.

Anjuman “Ro'za va taqvo”, “Ro'za va Qur'on”, “Ro'za va namoz tushunchalari”, shuningdek, “Qadr va Ramazon oyining oxirgi o'n kunligi fazilati”, “Saxovat oyida mehr-muruvvat va saxovat tushunchalari” kabi mavzular doirasida bo'lib o'tdi.  Shuningdek, Gvineya Respublikasining Konakri shahrida bo'lib o'tgan 40-sessiyaning vazirlar kengashi qaroriga muvofiq, Ramazon oyining 15-kunini “Yetimlarga g'amxo'rlik ko'rsatish” kuni qilib belgilash masalasi ham muhokama qilindi.

O'MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shayx hazratlarining kitoblari Masjidi Nabaviyda

28.08.2026   37033   1 min.
Shayx hazratlarining kitoblari Masjidi Nabaviyda

Fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qoldirgan boy ilmiy merosi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning turli nuqtalarida, xususan, Islom olamining tabarruk maskani bo‘lmish Masjidi Nabaviy kutubxonasida ham saqlanib kelyapti.

2017 yilda shayx hazratlarining bir qator kitoblari ilk bor Masjidi Nabaviy kutubxonasiga taqdim etilgan edi. Shundan buyon ziyoratga borgan hamyurtlarimiz ushbu kutubxonadan hazratning asarlarini o‘z ona tilimizda mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘lib kelishyapti.

Masjidi Nabaviy kutubxonasi masjidning 10-eshigi yonida joylashgan. Kutubxonada 170 000 dan ortiq kitob saqlanadi. Asosiy adabiyotlar arab tilida bo‘lsada, 20 dan ortiq xorijiy tillardagi diniy manbalar ham jamlangan. Kutubxonadan bir vaqtning o‘zida 300 dan ortiq kitobxon foydalanishi mumkin.

Kutubxonada xorijiy tillardagi adabiyotlar uchun alohida xona ajratilgan. U yerda ingliz, rus, fransuz kabi jahon tillari qatorida o‘zbek tili bo‘limi ham bor. Ushbu bo‘limda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub 50 dan ortiq asar bor. Jumladan:

– «Hadis va Hayot» silsilasi;
– «Tafsiri Hilol»;
– «Kifoya»;
– «Ruhiy tarbiya»;
– «Zikr ahlidan so‘rang»;
– «Odoblar xazinasi»;
– «Xislatli hikmatlar sharhi»;
– «Baxtiyor oila» va boshqalar.

@islomuz

Shayx hazratlarining kitoblari Masjidi Nabaviyda Shayx hazratlarining kitoblari Masjidi Nabaviyda Shayx hazratlarining kitoblari Masjidi Nabaviyda
O'zbekiston yangiliklari