Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Mana nima uchun islom behayolikni taqiqlaydi

27.07.2017   9282   4 min.
Mana nima uchun islom behayolikni taqiqlaydi

Dahshatli dalillar!

Behayoligi oqibatida butun boshli qavmlar, millatlar, mamlakatlar, shaharlar halokatga uchragani tarix kitoblarida ham yozilgan. Bandalarini behayolik degan dahshatli va sharmandali balodan saqlash uchun Alloh taolo Qur’oni karimda: “(Ey Muhammad!) Mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollardan) quyi tutsinlar va avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo‘l)dir. Albatta, Alloh ular qilayotgan (sir) sinoatlardan xabardordirlar” (Nur surasining 30-oyati), deb marhamat qilgan.

Shunday bo‘lsa ham, behayolik XXI asr vabosiga aylandi. Zamonaviy pornosanoatning katta hajmdagi ishlab chiqarishi, mahsulotining anonim tarzda yetkazib berilishi oqibatida bugun sayyoramizdagi 75 million aholi pornoga qaram bo‘lib, o‘zlarining hayotini bo‘shliqqa aylantirib olgan.   

Bu – katta biznes. 2006 yilda “voyaga yetganlar” uchun “film” ishlab chiqaruvchilar  13 milliard dollar foyda qildi. Ularning tomoshabinlarining soni esa AQSHdagi yangiliklar uzatadigan yetakchi kanallardan uch barobar ortdi. 2007 yilda esa pornografiya ishlab chiqaruvchilar 20 milliardga  yaqin foyda oldi. Internetning ana shu maydoni egalarining foydasi uch barobarga ortdi. 

Mana bu raqamlarga e’tibor qiling!

dunyo bo‘yicha har lahzada (sekund) pornosahnalarga kirish uchun 3075,64 dollar sarflanadi;

har lahzada 28 258 kishi pornografiyani tomosha qiladi;

AQSHda har 39 daqiqada yangi pornografik video tasvirga olinadi;

internetga yuklanadigan video tasvirlarning 35 foizi  – pornografiya;

internetdan foydalanuvchilarning 42,7 foizi pornografiya tomosha qiladi;

30 foiz ayollar va  70 foiz erkaklar pornoga qaram bo‘lib qolgan;

internet tarmog‘ida 4 200 000 pornosayt mavjud, ular bir yilda 13 000 yangi pornofilmlar yaratadi;

har kuni qidiruv xizmatidan 68 000 000 pornografiyaga oid qidiruvlar bo‘ladi; AQSHning pornosanoati uning egalariga bir yilda uch milliard dollar foyda  keltiradi;

jahon pornosanoati – 5 milliard dollar atrofida foyda oladi;

faqat AQSHning o‘zida 40 million kishi doimiy ravishda pornosaytga kiradi.

Sotsiologlar, psixologlar va  biologlar pornografiya nima uchun zamonaviy dunyo bo‘ylab bunchalik ommalashib ketgani hamda uning inson uchun qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladilar. AQSHning 47 foiz aholisi pornografiya ularning hayotidagi katta muammosi ekanini ma’lum qilgan.  Pornoga qaram bo‘lib qolgan 40 foiz aholining oilasi barbod bo‘ladi, moddiy qiyinchiliklar girdobida qoladi va uch foizga yaqini ishidan haydaladi.   Oilaviy ajrimlarning 68 foiziga pornografiya sababchi bo‘lmoqda. Pornografiya pedofillikning misli ko‘rilmagan darajada o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Internet tarmog‘ida voyaga yetmaganlar bilan birga bir million odam mavjud. Pornoga qaramlik besh bosqichdan iborat:

  1. Dastlabki qiziqish. Pornoga qaram bo‘lib qolganlarning ko‘pchiligi u bilan juda yoshligida taqiqlangan videofilmlar orqali tanish bo‘lgan
  2. Qaramlik. Unga qaram bo‘lib qolgan kishi o‘zini nazorat qila olmaydi va taqiqlangan videotasvirni qayt-qayta tomosha qilaveradi. Porno uning hayotining bir qismiga aylanib qoladi.
  3. Kuchayib borish. Unga bog‘lanib qolgan kishi dastlabki vaqtlarda ko‘nglini behuzur qilgan jirkanchli sahnalarni tomosha qilishga ko‘nikib qoladi.

4.His-tuyg‘uning o‘lishi. Pornoga qaram bo‘lgan kishini eng jirkanchli sahnalar ham qoniqtirmasdan u yanada bemazalarini izlaydi.

  1. Ko‘rganlarini amalda qo‘llashga urinadi. Pornoni tomosha qilayotgan vaqtda muttasil ishlab chiqarilgan zavq gormonlari neyronlarda oqsil FosB to‘planib, miya tuzilishida o‘zgarish hosil qiladi. Boshida atrofdagi olamdan zavqlanib yashagan odamga keyinchalik hamma narsa qiyinlashib boraveradi. Alaloqibat, es-hushi porno bo‘lib qoladi – qolgan hamma narsani unga qiyoslaganda zerikarli va rangsizdek tuyiladi. Nihoyat undan erkinlik kuchi g‘oyib bo‘ladi. Ana shu – bosh miyadagi kurashuvchanlik qobiliyati uchun javobgar bo‘lgan qismining jiddiy jarohat olganini bildiradi.

Shaytonning vasvasasiga taslim bo‘lmang! Alloh taolo bandalariga taqiqlagan narsalarning yaqiniga ham yo‘lamang! Ana shundagina eminlikda farovon hayot kechirasiz. O‘zingizdan mamnun bo‘lib yashaysiz.

Ruschadan Damin JUMAQUL tarjima qildi.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   257   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).

Maqolalar