Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Xatokorni jazolash adolat, Kechirish esa fazilatdir

13.07.2017   6045   5 min.
Xatokorni jazolash adolat, Kechirish esa fazilatdir

Prezidentimizning Shayxontohur tumani, o‘z navbatida Andijon viloyati, xususan joriy yilning   15 iyun kuni yurtimizdagi barcha imom-xatiblar e’tiboriga tashkil etilgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzuidagi anjumanda bildirgan tavsiya va ko‘rsatmalari asosida biz Zangiota tumani imom-xatiblari ham diniy eskstremistik oqim a’zosi sifatida maxsus hisobga olingan barcha fuqarolarimiz bilan yakka tartibda suhbatlashib chiqdik. Suhbat jarayonida ularni ko‘proq tinglashga harakat qildik. Davlatimiz Rahbari o‘z so‘zlarida mazkur fuqarolarimiz bilan shu kunga qadar ijtimoiy masalalarda qanday munosabatda bo‘layotganimiz, aslida esa qanday yo‘l tutmog‘imiz kerakligi borasida dono yo‘nalishlarni bayon etib berdilar.

Shunga binoan ular bilan dildan suhbatlashar ekanmiz, dastavval ularning turmush sharoiti, yechimini topolmayotgan mavjud muammolarini o‘rgandik. Bu borada tuman hokimligi qoshida tashkil etilgan “Maxsus Komissiya” nomiga tegishli takliflarni kiritdik. O‘z navbatida ularga sof islomiy e’tiqod, shuning barobarida turli yot oqimlarning asl qiyofalari hamda g‘arazli maqsadlari haqida jonli misollar yordamida qator tushunchalar berdik.

Hanafiy mazhabining yetuk namoyondasi, naqshbandiya tariqatining lirik vakili, professor, doktor, murshidi komil, ajdodlari asli buxorolik bo‘lgan Mahmud As’ad Jo‘shon hazratlarining (1938-2001) shunday so‘zlarini o‘qidim:

Gunohkorlarga g‘azab va nafrat nazari bilan qaramang. Aksincha, ularga shafqat va marhamat nazari bilan boqing!”.

Darhaqiqat, inson odatda ikkinchi tomonga g‘azab va nafrat bilan biror bir yaxshilikni ato etolmaydi. Qachonki shafqatli va marhamatli bo‘lsagina unga yaxshilikni ravo ko‘ra oladi.

Bugun betakror xizmatlari va  yuksak sha’nlariga alohida ehtimom ila e’tibor qaratilgan bobokalonimiz Abu Iso Muhammad at-Termiziy rohimahulloh rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhis salom:

"كل بنى آدم خطاء ، وخير الخطائين التوابون"

ya’ni – Har bir Odam bolasi xato qiluvchidir. Ularning (ichida eng) yaxshisi (xatosini anglab yetib, chin) tavba qilganlaridir, deya marhamat qilganlar.

O‘ylaymanki, chin tavba qilgan insonning xatosini avf etib, kechira olish – eng yuksak jasorat va fazilat sohibining ishidir.

Shuningdek, jamiyatning ertasi uchun xatokorlarni jazolash adolat bo‘lsa, o‘rni kelganida yana shu maqsadda ularni kechirishni ulug‘ jasorat va fazilat, deb hisoblayman.

Shu nuqtayi nazardan maqtov emas, aksincha – e’tirof ma’nosida aytmoqchimanki, Prezidentimiz bu borada barchamiz uchun yuksak jasorat va fazilat bobida ziyosi so‘nmas namuna bo‘ldilar.

Mazkur fuqarolarimiz bilan suhbatlashish jarayonida ularning yuz-u ko‘zlarida balqib turgan qalb quvonchlarining benihoyaligiga shohid bo‘ldik. Prezidentimizning ko‘rsatmalari asosida xonadonlariga borayotganimizni eshitib, qanchalari uylariga prezident tashrif buyurgandek ko‘z yosh ila dasturxon yozib, kelin-kuyovlarni qarshi olgandek kutib oldilar. Yana qanchalari yelkamizga choponlar yopishga oshiqdilar. Biz suhbat jarayonida ularning bunday iltifotlariga javoban “Bu totli dasturxon va bag‘ri iliq choponlarning haqiqiy egasi aynan mana shu tashabbusni olg‘a surgan shu Yurt Rahbari hisoblanadi. Sizlar shu kishi hamda u kishi boshqarayotgan xalq va vatanning bugun-u ertasi uchun duo qilinglar!”, deya do‘stona suhbatlarimizni davom ettirdik.

Suhbat jarayonida yana shunga ham amin bo‘ldikki, mazkur fuqarolarimizdan aksariyat qismining farzandlari umumta’lim maktab, KHK va akademik litseylarda eng a’lo baholarga o‘quvchi va intizomlilar qatorida ekan. Bu haqiqatni ustozlarining o‘zlari ham e’tirof etishdi. Agar biz ushbu uka-singillarimiz va albatta ularning ota-onalariga Prezidentimiz belgilab bergandek e’tiborli munosabatda bo‘lsak, yaqin yillarda ulardan ona vatanimizning ko‘klardan ham joy olsa arzigulik go‘zal bayrog‘ini yuksaklarga ko‘taruvchi chempionlar, vatanparvar yetuk kadrlar chiqishiga aminman. Bularning barchasi esa bizning e’tibor va faoliyatimiz bilan bevosita bog‘liq, deb hisoblayman.

Bugunning aksar insonlari odatda soat ko‘rsatgichlarining yurib borayotganini ko‘rib rejali ishlari ijrosini tezlashtiradi. Soat barmoqlarining “Vaqting o‘tmoqda!”, degan ishoralari ularni oyoqqa turg‘azadi. Aksincha, u “Shu ishimni erta yo indin qilarman”, deya dangasalik yo‘liga o‘tib qoladi. Shu ma’noda o‘ylab ko‘rsam, inson hayoti davomida asosan o‘rtacha 30 yil faoliyat yuritar ekan. Bu bir avlodni yo‘lga solish uchun to‘liq imkoniyat deganidir. Qolgan hayoti – yoshlik va keksalik chog‘ida boshqalarning xizmatidan foydalanadi. Agar biz umrimizni 70-80 yil, deb emas, xalq xodimi sifatida asosiy xizmat davrimizni hisobga olsak, bu bizni xayrli ishlarga soat ishoralari misol yanada ildam qadam tashlashga undaydi. Zotan hayot juda ham tez, to‘xtamas va ortga qaytmasdir. Shu damda O‘zbekistson qahramoni va xalq shoiri ERKIN Vohidovning “Hayot yo‘li” nomli she’rlari yodimga tushdi:

Zamon tez, fursat oz, har lahza ziqdir!

Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.

Hayot yo‘li nadir? Qabr toshida,

Ikki sana aro qisqa chiziqdir!

 

Zangiota tumani bosh imom-xatibi v.b.,

“Umir” jome masjidi imom-xatibi

N.Mavlanov

 

08.07.2017 y.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi yangi umra mavsumini 2025 yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qiladi

15.07.2025   4094   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazi yangi umra mavsumini 2025 yil avgust oyidan boshlanishini e’lon qiladi

So‘nggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga sifatli va qulay xizmatlar ko‘rsatish hamda ibodatlarni shariat talablariga muvofiq ado etish ishlari “Haj” va “Umra” markazi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

30 yildan ziyod amaliy tajriba asosida ziyoratchilarimiz uchun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.

Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi orqali Toshkent–Jidda–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar;

3 kecha Madina, 7 kecha Makkada bo‘lish;

Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yo‘nalishlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;

Makka va Madina shaharlarida barcha sharoitlarga ega mehmonxonalar;

3 mahal mazali taomlar;

Madina shahrida Nabaviy masjidi, “Ravza”, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;

Makka shahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr tog‘lariga ziyorat;

Jidda shahridagi Qizil dengizga sayohat.

Umra safari davomida ziyoratchilarga tajribali ishchi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali shifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarni oson va xotirjam o‘tishini ta’minlaydilar.

Umra safariga borish niyatida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.

Murojaat uchun telefonlar:

Haj va Umra Markazi
+998778821858
+998998821858

Hududiy mas’ullar:
Andijon vil. +998999012979
Farg‘ona vil. +998902723477
Namangan vil. +998902181117
Sirdaryo vil. +998911012816
Jizzax vil. +998941955554
Samarqand vil. +998979121674
Qashqadaryo vil. +998995803520
Surxondaryo vil. +998915861007
Buxoro vil. +998906116486
Navoiy vil. +998997516005
Xorazm vil  +998910941100
Qoraqalpog‘iston Res. +998973490457