Musulmonlar kun davomida yemay, ichmay yurishlari va iftorlikda noto‘g‘ri ovqatlanishlari natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy asoratlardan saqlanishlari zarur.
Bu borada, shifokorlar tavsiya ETMAYDILAR:
Bosh kiyimsiz tik oftob ostida yurmaslik. Bu erkak va ayollarga birdek tegishli.
Sintetikali yopishib turadigan kiyim kiymaslik.
Saharlik va iftorlikda qahva va achchiq choy ichmaslik, achchiq va tuzli yeguliklar yemaslik. Zero, bu mahsulotlar ham ichimlik iste’mol qilishga bo‘lgan xohishni kuchaytiradi.
Shakar, non va qandolatlar kabi rafinadlangan mahsulotlar iste’mol qilmaslik.
Shifokorlar tavsiya ETADILAR:
Keng, harakatlanishga halaqit bermaydigan, tabiiy matolardan tikilgan kiyim kiyish.
Salqin dush qabul qilish.
Ovqat iste’mol qilishdan avval 1-2 piyola suv ichish. Ovqatdan so‘ng ham suv yoki ko‘k choy ichish maqsadga muvofiq. Yengil va oddiy ovqatlar iste’mol qilish zarur.
M.Zufarova tayyorladi.
Dunyoda bir kasallik bor. Uning nomi "ne’matga o‘rganib qolish"dir.
Bunda ne’matlarga shu qadar o‘rganib qolasizki, go‘yo ular ne’mat emasdek.
Uyingizga kirasiz. Ahlingiz sog‘-salomat. Buning uchun shukr qilmaysiz. Chunki bu ne’matga o‘rganib qolgansiz.
Istagan narsangizni sotib olasiz. Buni sizga in’om qilgan Zotga shukr qilmaysiz. Chunki sotib olishga o‘rganib qolgansiz.
Uyqudan uyg‘onasiz. Sog‘-salomatsiz. Hamd aytmaysiz. Chunki a’zolaringiz shu qadar yaxshi ishlayaptiki, ularning ichingizda borligini hatto unutib yuborgansiz.
Endi bildingiz. Hamd hamrohingiz bo‘lsin!
Alhamdulillah....
Abdulqodir Polvonov