Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Muftiy hazratning Farg‘ona viloyatiga safarlari

06.06.2017   4385   3 min.
Muftiy hazratning Farg‘ona viloyatiga safarlari

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Farg‘ona viloyatiga safarlari boshlandi. Muftiy hazratning safari Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Shoh Tolib” jome masjidiga tashrif qilish bilan boshlandi. Ushbu jome masjidda muftiy hazratlari peshin namozini ado etib, mo‘min-musulmonlarga Ramazon oyi o‘zining xayru barakasi, saxovati, mo‘l-ko‘l ehsonlarini shukuh bilan yurtimiz uzra davom etayotganini bayon qildilar.

Shuningdek, muftiy hazratlari tarovih namozini ado etish uchun Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi "Degrizlik" jome masjidiga tashrif buyurdilar. Masjid jamoasini muborak Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, ularning haqiga ezgu duolar qildilar. O‘z ma’ruzalarida diyorimizdagi barcha masjidlarda tarovih va xatmi Qur’onlar o‘qilayotgani, namozxonlar masjidlarda qorilarning Qur’on o‘qishlarini maroq bilan eshitayotganlari, keksalar ko‘zlarida minnatdorchilik yoshi balqiganini ko‘rib, Yaratganga shukronalar aytish kerakligini alohida ta’kidladilar.

Muftiy hazratning Farg‘ona viloyatiga qilgan tashriflaridan mo‘min-musulmonlar juda ham mamnun bo‘lib, ta’sirli va mazmunli suhbat uchun o‘z tashakkurlarini bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, ulamolarimizning Andijon viloyatidagi safari davom etmoqda. Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi rais o‘ribosari Shayx Abdulaziz Mansur Marhamat tumanidagi "Imom Al-Buxoriy",  O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Abdulhamid Tursunov Xo‘jaobod tumanidagi "Yetti chinor"  va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov Izboskan tumanidagi "Ahmadali hoji" masjidlarida mo‘min-musulmonlarni  oylar sultoni – Ramazon bilan muborakbod etib, birgalikda tarovih namozlarini odo eishdi.

 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo‘limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Fursat g‘animatdir

22.07.2025   2683   2 min.
Fursat g‘animatdir

Inson hayotida eng qimmatbaho ne’matlardan biri vaqtdir. U nihoyatda tez o‘tadi, biror narsaga bog‘lab, to‘xtatib, ortga qaytarib bo‘lmaydi. Har lahza inson umridan bir bo‘lakdir. Shuning uchun vaqtni samarali o‘tkazish, uni qadrlash har bir aqlli inson uchun juda muhim.


Har insonga bir umr berilgan. U yillar, oylar, kunlar, daqiqalar bilan hisoblanadi. Bir soat bekorga ketsa, umrimizdan bir qism bekor ketgan bo‘ladi. Ko‘pincha biz "ertaga qilib qo‘yaman", "keyinroq boshlayman" deya o‘zimizni aldab qo‘yamiz. Aniq reja asosida hayot kechirish, har bir kunni maqsadli va mazmunli o‘tkazish vaqtdan unumli foydalanishning asosiy yo‘lidir. Ilm o‘rganish, mehnat qilish, sog‘liqqa e’tibor qaratish, oila va yaqinlarga vaqt ajratish — bularning bari vaqtning to‘g‘ri taqsim qilinishi bilan bo‘ladi.


Tan olish kerak, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot oqimi vaqtimizni o‘g‘irlab, bizni chalg‘itmoqda. Lekin ayb o‘zimizda. Ba’zan keraksiz narsalarga soatlab vaqt sarflaymiz, keyin esa "vaqtim yetmadi" deb shikoyat qilamiz. Shuning uchun ham hayotda "nimalar muhim, nimalar esa vaqt sarflashga arzimaydi" degan savolga aniq javob topib olish lozim. Vaqtga e’tiborli inson – mas’uliyatli insondir. U har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradi, orzulari sari qat’iyat bilan intiladi va hayotini nazorat qila oladi.


Islom dinida ham vaqtga alohida ahamiyat berilgan. Qur’oni karimdagi Asr surasida Alloh taolo asr (vaqt)ga qasam bilan insonning zararda ekani ta’kidlagan. Bu esa vaqtning beqiyos ekanini yana bir bor yodga soladi. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina najot topishi aytilib, ulgurib qolishga da’vat etilgan. Demakki, vaqtni to‘g‘ri sarflay olgan insongina yutuqqa erishadi. Hayotimizdagi har bir daqiqa – bebaho xazina. Undan oqilona foydalanib qolish kerak, azizlar.

Abdulvohid ISAQOV,

Namangan shahridagi

“Miryoqubboy Mirhakimboy”

jome masjidi imom xatibi

Maqolalar