Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Taroveh – istirohat namozi

05.06.2017   4877   2 min.
Taroveh – istirohat namozi

Aksaran voqea-hodisalarning,ta’rif-tavsiflarning va shularga o‘xshash narsalarning asl mohiyatini darhol anglay olmadi odam. Ularning haqiqatini  anglash uchun  esa o‘sha voqea-hodisalarning ishtirokchisi bo‘lish kerak. Mana, masalan, taroveh namozining ta’rifiga e’tibor qiling. “Ramazonda bedor bo‘lib o‘qiladigan namoz «taroveh» deb ataladi. «Taroveh» rohat-istirohat ma’nosidadir. Chunki, mazkur namoz istirohat hisoblanadi, har to‘rt rak’atni o‘qib bo‘lgandan keyin istirohat olinadi.

Bu ta’rifni o‘qigan odam bedor bo‘lib o‘qilgan namoz qanaqasiga rohat bo‘lishi mumkin? deb o‘ylaydi. Har to‘rt rakatda istirohat olinadi, deganda bir oz muddat nafasni rostlab, dam olinadi. Lekin umumiy ma’noda odam uyqudan qolyapti-ku, degan fikrga kelishi mumkin.

Ana shu kayfiyatdagi odam taroveh namoziga qatnashsa, xatmul Qur’onni tinglab ko‘ngli yumshasa, tomirlarida oqayotgan qoniga ajib bir ohang qo‘shilib oqa boshlaganini sezsa haqiqiy rohat-farog‘atni qalban his qilsa, ana o‘shanda bu ta’rifning to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ladi.

Bugun poytaxtimizdagi “Novza” jome masjidida aynan shu mavzuda suhbat bo‘ldi.

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Taksistlarning omonatga berilgan puldan foyda ko‘rishlari

23.07.2025   3905   1 min.
Taksistlarning omonatga berilgan puldan foyda ko‘rishlari

Savol: Men haydovchilik qilaman. Ba’zilar menga ma’lum miqdorda pul berib, uni boshqa shahardagi odamga yetkazishimni so‘rashadi. Shu puldan avval o‘zim foyda ko‘rib, so‘ng aytilgan odamga to‘liq qilib yetkazsam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu ish joiz emas. Chunki bu omonatga xiyonat qilish hisoblanadi. Omonatga olingan puldan faqat egasi rozi bo‘lsagina ishlatish mumkin. Ammo egasi rozi bo‘lmasa, yoki egasiga bildirmay ishlatilsa, bu xiyonat sanaladi. Omonatga xiyonat qilish esa, katta gunoh va munofiqning belgilaridan biridir. Bu haqda faqih Nizomiddin Shoshiy rahimahulloh shunday zikr qiladilar:

“Omonatdor, vakil va g‘osib (birovning molini zo‘rlik bilan olgan kimsa)lar molning ayni o‘zini o‘zlarida olib qolib, uning mislini (qiymatini) to‘lashlari mumkin emasdir” (“Kitabul-xamsiyn” kitobi).

Shuningdek, alloma Ibn Nujaym rohimahulloh shunday naql qiladilar: “Omonatga olingan buyum boshqa kishiga na omonatga beriladi, na qarzga (bepul foydalanish uchun) beriladi, na ijaraga beriladi va na garovga qo‘yiladi. Agar omonatdor ulardan birortasini qilsa, javobgar bo‘ladi” (“Al-Bahrur-roiq” kitobi).

Xulosa qilib aytganda, haydovchilarning yuqoridagi birovning omonatidan beruxsat foydalanishlari va undan daromad ko‘rishlari shar’an joiz emasdir. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.