Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Chempionlik muborak bo‘lsin!

17.05.2017   4555   3 min.
Chempionlik muborak bo‘lsin!

Joriy yilning 16 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan futbol turnirining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati imom-xatiblaridan tashkil topgan “Do‘stlik” jamoasi va Toshkent shahri imom-xatiblaridan tashkil topgan “Minor” jamoalari o‘zaro to‘p surishdi. Shiddatli kechgan uchrashuvda “Do‘stlik”  jamoasi “Minor” jamoasini 8:6 hisobida mag‘lub etib, turnir kubogini qo‘lga kiritdi.  

Final uchrashuvida, ko‘plab mehmonlar, jamoalar murabbiylari, hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar Bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov tashrif buyurdi.

Quyida, g‘olib jamoalar va turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanganlarni e’lon qilamiz:

1-o‘rin – “Do‘stlik” jamoasi;

2-o‘rin – “Minor” jamoasi;

3-o‘rin – “Buxoriy avlodlari” jamoasi. 

Turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanganlar:

Eng yaxshi murabbiy – Xayrulla Turmatov  

Eng yaxshi darvozabon – Umidjon Sodiqov

Eng yaxshi himoyachi – Shavkat Apisov

Eng yaxshi yarim himoyachi – G‘ayrat Rahmatullayev

Eng yaxshi hujumchi – Shuxrat Xodjiboyev

Eng ko‘p to‘purar – Saidov Otabek

Eng jonkuyar muxlis –  Bahriddin Sharipov

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turnir Istiqlolimizning 26 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi. Ushbu turnirga, Toshkent shahridagi "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti mezbonlik qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

axborot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar

Dardning hikmati

23.07.2025   5003   1 min.
Dardning hikmati

Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".