Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2025   |   13 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:58
Xufton
21:36
Bismillah
09 Iyun, 2025, 13 Zulhijja, 1446

Davomat – dars samaradorligi garovi

30.03.2017   6849   2 min.
Davomat – dars samaradorligi garovi

O‘zbekiston davlat budjetining qariyb 60 foizini ijtimoiy sohalarga yo‘naltiradigan sanoqli mamlakatlar sirasiga kiradi. Hozirda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, maktab va kollejlarda ko‘zni quvontiradigan sharoitlarni ko‘rib Yaratganga shukrlar aytasiz. Ming afsuski, shunday sharoitlardan foydalanish o‘rniga ko‘chalarda tentirab yurib, maktab va kollejlarga bormayotgan yoshlarimiz uchrab turibdi. Bundaylarni ko‘rganda besamar o‘tayotgan vaqtga achinasiz.

Muhtaram yurtboshimiz Qashqadaryoga borganlarida O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va viloyat bosh imom xatibi Rahmatilla Usmonovga darslarni muntazam qoldirib kelayotgan talaba yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berdilar. Ana shu asosda  diniy xodimlar  tadbirlar o‘tkazib kelmoqdalar.

Ajdodlarimiz: “Yoshlikda o‘rganilgan ilm toshga bitilgan kabi mustahkam bo‘ladi”, deganlar. Vatandoshimiz Imom al-Buxoriy hayotini ilmga baxshida etib: “Ilmdan boshqa najot yo‘q va hech qachon bo‘lmaydi” deb, inson dunyo va oxiratini obod qilish  uchun   ilm izlashi kerak ekanini uqtirdilar. Demak, shunday yurtning farzandlarining ilmsiz bo‘lib qolishga haqqi yo‘q. Yoshlarimizning bahor faslidek bebaho davrini befoyda narsalarga sarflashlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Ilm Allohni tanitadi. Shu o‘rinda bir ibratli voqeani  keltiramiz: Mashhur  yozuvchi  Abdulla  Qodiriy   “Mehrobdan chayon” romanini yozish oldidan Shayx Ismoil Maxdumdan maslahat olish niyatida Namanganga keladi. Suhbat chog‘ida Abdulla Qodiriy Shayx Ismoil Maxdumdan yoshlarni dunyoviy ilmlarga qanday qiziqtirish kerakligi haqida maslahat so‘raydi. Shunda u kishi Qur’oni karimning “G‘oshiya” surasidagi oyatlardan keltirib, “Axir, ular tuyalarga qarab, qanday yaratilganiga (zoologiya), osmonlarning qanday ko‘tarib qo‘yilganiga (astronomiya), tog‘larning qanday tiklanganiga (jo‘g‘rofiya) va Yerning qanday yoyib – tekislab qo‘yilganiga (minerologiya) boqmaydilarmi?!” debdilar-da, ana shunday qilib, diniy ilmga dunyoviy ilmni bog‘lab o‘rgatish kerakligini tushuntiribdilar. 

Maktab va kollejlarda o‘quvchi yoshlar “ilmni insonlarga foyda yetkazish uchun o‘rganaman”,  deb niyat qilsa, ham ilm o‘rgandi, ham savob oladi.

Ustozlarimiz o‘rgatganidek;  “dars” so‘zi arab tilida “درس”

“d” – davomat (doim bo‘lish);

“r” – riyozat (mashaqqat chekish);

“s” – sog‘lom va salomat bo‘lish degan ma’nolarni anglatadi.

  Obidxon Ikramov,

O‘MI Namangan viloyat vakili  o‘rinbosari, “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

04.06.2025   12609   1 min.
Arafa kuni ushbu 5 amalni bajarishni unutmang!

1. Duo qilish. Bu kun qilingan duolar eng afzal duodir.

Solihlardan biri aytadi: "Allohga qasam! Arafa kuni biror duo qilsam, bir yil o‘tmasidan turib uni xuddi yorishgan tong kabi amalga oshganini ko‘rdim".

O‘tgan solihlar ehtiyojlari uchun qiladigan duolarini arafa kuniga saqlab qo‘yishar edi. Qanchadan qancha orzu-umidlar va duolar arafa kunida ijobat qilingan.


2. Ushbu duoni ko‘p qilish. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning yaxshisi arafa kunidagi, men va mendan oldingi nabiylarning “Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shayin qodiyr”, deb aytgan duosidir”, dedilar.


3. Allohdan do‘zaxdan panoh so‘rash. Bu kundan ko‘ra do‘zaxdan ko‘p ozod bo‘ladigan kun yo‘q. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Arafa kuni, Alloh bandalarni do‘zaxdan ko‘p ozod qilganchalik boshqa biror kun yo‘q!”.


4. Takbiri tashriq aytish. Bu kunning bomdod namozidan boshlab takbir aytiladi. “Allohu akbar! Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd”.


5. Ro‘za tutish. Bu kun tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforot bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi undan oldingi va undan keyingi yillardagi gunohlarga kafforot bo‘ladi deb Allohdan umid qilaman”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Arafa kuningiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo sizni bu kunning fazilatlaridan to‘liq bahramand etsin.

 

Davron NURMUHAMMAD