2023 yil 18 may kuni Rossiyaning Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Qozon forumi-19” xalqaro iqtisodiy forumini bo'lib o'tadi.
O'n to'rtinchi bor o'tkazilayotgan forumda Yaqin Sharq va O'zbekistondan kelgan ishbilarmonlar Rossiya va islom mamlakatlari o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilishadi va 140 dan ortiq ishchi sessiyalar o'tkazilishi kutilmoqda.
Bu yilgi forum xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, sanoat, islomiy moliya, halol sanoat, texnologiya, innovatsiyalar, sarmoya, yoshlar, tadbirkorlik va diplomatiya, shuningdek, logistika, ayollar muammolari, ta'lim, kichik va o'rta biznes, tibbiyot va sportga oid mavzularga qaratilgan.
Halqaro forum haqida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov shunday dedi: “Tatariston tajribasidan kelib chiqib, biz islom biznesi bilan o'zaro hamkorlikning amaliy mexanizmlarini mustahkamlashga intilamiz. Bu borada islom iqtisodiyoti, xususan, oziq-ovqat sanoati, halol turizm va halol tibbiyotni rivojlantirish uchun katta istiqbollar ochilmoqda”.
O'MI Matbuot xizmati
Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro mediaforum yakunlari va O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi global markazi sifatidagi roliga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, “Al Montasaf” nashri forum 40 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq jurnalist va OAV vakillarini birlashtirib, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy mash’al sifatidagi maqomini namoyish etgani haqidagi fikrni keng yoritmoqda.
Shuningdek, “Eldameer” nashri Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga e’tibor qaratgan. Markaz qadimiy qo‘lyozmalarni, jumladan, mamlakatda saqlanayotgan Mus'hafning eng qadimiy nusxalaridan birini tadqiq etish va nashr qilishda nashriyotlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Ushbu keng ko‘lamli madaniy va ma’rifiy yuksalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tufayli mumkin bo‘lgani ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, “Eldameer” nashri sahifalarida sodir bo‘layotgan uyg‘onishning tarixiy ahamiyati qayd etilib, O‘zbekiston rahbari shafeligida islom mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot tanlovini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Tadbirning boy dasturi, jumladan, ishtirokchilarning buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqandga rejalashtirilgan tashrifi ham yoritilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati