Rumayso (r.a) Rasululloh (s.a.v) “Menga jannatda Abu Talhaning ayoli Rumayso” ko‘rsatildi deya, jannatiy ekanligi bashorati berilgan madinalik ansoriya ayoldir. KunyalariUmu Sulaym. Rasululloh (s.a.v) ning da’vatlari Madinai munavvaraga yetganda Rumayso (r.a) birinchilardan bo‘lib iymonga kelgan edilar. U ayol Xazraj qabilasining Banu Najjor urug‘idan bo‘lib, bu urug‘ning Rasululloh (s.a.v)ga ona tarafidan qarindoshchilik rishtalari bor edi. Rumayso (r.a) dastlab, madinalik Molik ibn Nazir degan kishi bilan turmush qurgan. Bu turmushlaridan Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga ham xodimlik, ham boqma farzandlik, ham shogirdlik qilish baxtiga musharraf bo‘lgan, eng uzoq umr ko‘rgan mashhur sahoba Anas ibn Molik (r.a) dunyoga kelgan.Shundan keyin oddiy bir muslima sifatida yahshiliklar tilab, eri Molik ibn Nazirga islomni taklif kilganida u xotinidan kattik g‘azablandi, oilasini tashlab, Shom yerlariga ketdi va ko‘p o‘tmay o‘sha yerda vafot etdi. Erining vafotidan so‘ng Rumayso (r.a)ga og‘ir kunlar boshlandi. Chunki endi oila tashvishi va farzandining nafaqasi ayol boshi bilan o‘ziga kolgan edi. Erining vafotidan so‘ng Rumayso (r.a) “O‘g‘lim Anas ulg‘ayib, balog‘atga yetmaguncha turmushga chikmayman”, deya ahd kildi. Chunki agar turmushga chiksam,o‘gay ota o‘g‘limning tarbiyasiga etibor bermasligi mumkin, degan andishasi bor edi. Rumayso (r.a) yagona farzandiga chiroyli odob berib tarbiyaladi. Anas (r.a)shunday go‘zal odob sohibi bo‘lib ulg‘aydiki, yoshligidan boshlab, onasining hakkiga: “Yo Alloh, onam menga chiroyli tarbiya berdi. O‘zing unga ulug‘ ajr savoblar bergin!” deb doimo robbisiga yolvorib duo kilar edi. Rumayso (r.a) o‘g‘li Anasni tarbiyalar ekan, uning murg‘ak kalbiga islom dini talimotlarini go‘zal tarzda quyib borar edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) Madinaga kelganlarida esa,barcha madinalik ansoriya ayollar rasululloh (s.a.v)ga xar hil sovg‘a salomlar bilan chiqishsa, bu dono ayol o‘g‘ilchasi Anas ibn Molik (r.a)ni olib bordilar va u zotga “Ey Rasululloh, madinalik ayol va erkaklar sizgasovg‘alar, turli hil tuhfalar bilan kelishmoqda menda esa hech narsa yo‘q, men bu narsaga qodir emasman biroq mana bu o‘g‘limni sizni xizmatingizga olib keldim, o‘g‘lim sizga ham, o‘g‘il ham, xodim va ham shogird bo‘lsin, ma’qul kelganicha xizmatingizni qilsin”, dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v): “Hadyalar ichidagi eng go‘zal hadya mana shu bo‘ldi”, dedilar. Chunki Rasululloh (s.a.v) bolalarni juda ham yaxshi ko‘rar edilar. Anas ibn Molik (r.a)ga nubuvvat honadoni eng go‘zal tarbiya maktabi bo‘ldi, unga Sarvari koinotning o‘zlari muallim bo‘ldilar. Bu hakda Anas (r.a) bunday rivoyat qiladi:“Payg‘ambarimiz (s.a.v) Madinaga kelganlarida men 10 yoshda edim. Bir kuni onam qo‘limdan tutib, Rasululloh (s.a.v) huzurlariga olib bordilar va u zotga: “Ey Allohning Rasuli! Shahrimizda tashrifingizni qutlab, sovg‘a – salom ila kelmagan erkak yo ayol qolmadi. Sizga boshqa sovg‘a berolmayman, shu o‘g‘lim Anas sizga maqul kelganicha xizmatingizni qilsin”, dedi. Men Rasululloh (s.a.v)ga o‘n yil xizmat qildim. U zot meni biror marta urmadilar, so‘kmadilar, koyimadilar,hatto biror marta qovoqlarini solib ham qaramadilar”. Anas (r.a)ning yoshligida Rumayso (r.a)ga Madinaning obro‘li va boy kishilaridan ammo hali musulmon bo‘lmagan bir kishi sovchi yubordi. Rumayso (r.a) qilgan ahdini bildirib, uning sovchisini rad etdi. Anas ibn Molik (r.a)ulg‘ayib,voyaga yetganida Abu Talha yana sovchi qo‘yib: “ O‘g‘ling Anas katta bo‘lib qoldi, majlislarda o‘tiradigan va so‘z aytadigan bo‘ldi”, deb oldingi taklifini eslatdi. Rumayso (r.a) unga: “Ey Abu Talha, men sen bilan turmush qurardim chunki sen nasabi toza, obro‘li kishisan, ammo afsuski sen bilan meni o‘rtamizni to‘sib turadigan bir narsa bor, usiz hech bir maqsadlar ro‘yobga chiqmaydi”, dedi.Buning sababi nima? –deb so‘radi Abu Talha. Sen mushriksan, men esa muslimaman. Meni senga turmushga chiqishim joiz emas”, deb javob kildi. Abu Talha: “Bu qanday ham noloyiq gap, ey Rumayso? Mening oltin - kumushlarim qayoqda-yu, sening aytayotgan bu gaping qayoqda?! Nimalar deyotganingni o‘ylab ko‘r”, dedi. Rumayso (r.a) jiddiy turib: “Menga oltin ham, kumush ham kerak emas. Sen na eshitadigan va na ko‘radigan, va na biror hojatingni ravo etadigan narsaga ibodat qilasan. Ey Abu Talha, yog‘ochga ibodat qilishdan uyalmaysanmi! Agar sen islomni qabul etsang, sening musulmonliging nikoh uchun oladigon mahrim bo‘lsin. Menga boshqa narsa kerak emas!” dedi. Odatda arab ayollari o‘zlari uchun tayyorlanadigan sarpolariga, mahrga beriladigan oltinu kumush taqinchoqlarga jiddiy etibor berishar edi. Ammo qalbi imon nuri ila to‘lib toshgan buyuk sahobiya ayol Rumayso (r.a) bu borada ayol zotigago‘zal ibrat qoldirdilarki, bu holat to qiyomatga qadar islom olamida o‘chmas oltin satrlarda bitilgan namuna bo‘lib qoldi. Rumayso (r.a) o‘zining kelinlik uchun mahr sifatida olinadigon boyliklarini o‘zga bir insonning imoni uchun “qurbon qilishi” bu jasorat va shijoat Abu Talhaning vujudiga titroq soldi. Bunday taklifni rad etishga javob topaolmadi va javob topish ham amri mahol edi. Alloh taolo beqaror davlat, o‘tkinchi sharaf sohibi bo‘lgan Abu Talhaga bir ayolni robbisini tanishiga, imondek buyuk nemat sohibi bo‘lishiga bir so‘z bilan aytganda hidoyatga tushishiga sababchi qildi. Abu Talha mening islomimga kim guvoh bo‘ladi?-deb so‘radi.
Rasululloh (s.a.v) o‘zlari guvoh bo‘ladilar. U kishiga borib ayt,-dedi Rumayso (r.a). Shunday qilib, Abu Talha Rasululloh (s.a.v) huzurlarida musulmon bo‘ldilar.U zotga Rumayso (r.a)ning so‘zlariniaytdi. Shu vaqtning o‘zidayoq o‘sha shartga muvofiq Abu Talha bilan Rumayso (r.a)ning nikohlari o‘qildi.Rumayso (r.a) qachon Rasululloh (s.a.v)ni ko‘rsalar o‘g‘li Anas (r.a)ning xaqlariga duo olar edilar.Kunlarning birida Rumayso (r.a) Rasululloh (s.a.v)ning oldilariga borib; “Xodimingiz Anasning haqqiga duo qiling”, deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) “Parvardigoro! Anasning moliga, bolalariga va yana o‘zing in’om etgan boshqa ne’matlaringga baraka ber”, deb duo qildilar. Shu duoning ijobati tufayli Anas ibn Molik (r.a) uzoq umr ko‘rdi. U zotning farzandlari, nabiralarining soni yuzdan oshib ketdi. Rumayso (r.a) Abu Talha bilan baxtli-saodatli hayot kechirar edilar, bu borada Alloh taolo u ikkisiga ko‘z quvonchi va dil sevinchi o‘g‘il farzand ne’matini ato ztdi. Abu Talha o‘g‘liga shu qadar mehr qo‘ydiki, uni hech kimga ishonmas, hayotini bu o‘g‘lonsiz tasavvur ham qilaolmas edi. O‘g‘ilchasi to‘satdan kasallikka chalindi. Bu hol Abu Talhani esankiratib qo‘ydi, u ko‘chada o‘z ishlari bilan yurar ekan, uyiga kelgan zahoti o‘g‘lining holidan xabar olar edi. Shu zaylda davom etayotgan kunlarning birida ajal bu ma’sum go‘dakni ularning bag‘ridan yulib oldi. Ana shu vaqtda Abu Talha Rasululloh (s.a.v)ningoldilarida edi. Sho‘rlik onaizor ko‘zining oqu-qarosi, yuragining bir parchasini yo‘qotdi! Hammaga malumki bunday vaqtda onalar bu alamga bardoshberaolmay, dodu faryod soladilar, o‘zlarini ko‘tarib uradilar.Rumayso (r.a) shunday alamli onlarda ham butun ayollarga dars va namuna bo‘ladigon go‘zal sabr sohibasi ekanini ko‘rsatdi.Hali jannat hidi ketmagan go‘dakning yuzlaridan to‘yib-to‘yib o‘pdi, keyin go‘dakni yuvib, kafanladi, xushbo‘y narsalar sepdi va go‘dakning guldek yuzlariga boqib onalik mehri jo‘shib ko‘zlaridan achchiq-achchiq yoshlar to‘kdi.Mehribon otasi Abu Talha kelishidan oldin bolaning ustiga choyshab yopib qo‘ydi.So‘ngra o‘g‘li Anas (r.a)ga ukasining vafoti haqida otasiga hech narsa demaslikni tayinlab, Abu Talhani chaqirib kelish uchun yubordi. Abu Talha kelishi bilan o‘g‘lining ahvolini so‘radi. Rumayso (r.a) o‘g‘ilchamiz “Uxlab qoldi.Xudodan so‘raymanki, shoyad shu uyqusi rohatli bo‘lsa”, deb yosh va g‘amli ko‘zlarini yashirdi. Abu Talha xotinining bu javobidan; “Bola sog‘ayib qolibdi”, deb gumon qildi. O‘sha kuni Abu Talha ro‘za tutgan edi. Birgalashib iftor qilishdi. Tun kirdi. Shunda ham bu sabrli soliha ayol mahzunligini bildirmadi.Xushbo‘ylangan va ziynatlangan holda erining yoniga kirdi va kechani birga o‘tkazishdi. Tong otgach eri masjidga otlanar ekan, Rumayso (r.a) asta sekin gap boshladi. “ Ey Abu Talha, agar bir kishi birovdan omonat olsa, so‘ng uni egasiga qaytarmaslikka haqqi bormi?” deb so‘radi. “Yo‘q, omonat egasiga qaytariladi. Bermayman deyishga aslo haqqi yo‘q deb javob berdi eri. Rumayso (r.a) maqsadga o‘tdi. “Alloh taolo bizga omonatga o‘g‘il bergan edi. Endi esa ana shu omonatini qaytarib oldi”, dedi. Abu Talha: “Inna lillahi va inna ilayhi rojiun” (Biz hammamiz Allohnikimiz, va yana uning huzuriga qaytamiz), dedi. Boshqa hech qanday so‘z aytolmadi, qandayin ham so‘z aytaolsin. Chiqib to‘g‘ri Rasululloh (s.a.v)ning huzurlariga bordi. Namoz o‘qidi va kecha shomda o‘g‘li vafot etgani, o‘zi esa kechani ayoli bilan o‘tkazganini aytdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v): “Parvardigoro! Bularning bu kechasini barokatli qilgin”, deb duo qildilar. Sarvari koinotning bu duolariga osmon eshiklari ochildi. Jannat rayhoni bo‘lmiz go‘daklarini yo‘qotgan bu zotlarga mehribonlardan-da mehribon bo‘lmish Robbul alamin Abdulloh ibn Abu Talhani ato etdi. Abdullohga esa, to‘qqizta farzand berdi, bularning barchasi hofizi kalomulloh bo‘ldi. Bulardan to‘ng‘ich o‘g‘li Is'hoq ibn Abu Talha esa buyuk faqih darajasiga yetdi, bularning barchasi onaning go‘zal sabri, eriga itoati va musibatga sabrli bo‘lishi hamda Allohning Rasulini duolarining barokotidan edi. Ushbu sahobiya ayolning hayoti biz ayollargadunyo va oxirat saodati sarioydin yo‘lni ko‘rsatib turuvchi nurli bir tarixdir. Rasululloh (s.a.v) “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, deb marhamat qilganlarida ana shunday sabrli pok ayollarninazarda tutganlar. Ona yurtimizni yer yuziga tanitgan Ismoil Buxoriy, Termiziy, Nasafiy, Zamaxshariy, Burhonidin Marg‘iloniy, Farg‘oniy kabi zurriyodlarni dunyoga keltirganlar ham mana shu kabi mo‘tabar onalardir. Barcha onalar sog‘ va omon bo‘lishsin manan pok va yurtiga sadoqatli farzandlar tarbiyalashda Alloh barchamizga kuch quvvat ato etsin.
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar
o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisasi
Poshshaxon ESHONXON qizi tarjimasi
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirishga qaratilgan loyihalar doirasida ishchi guruh rahbarlari bilan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati