Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Yanvar, 2026   |   25 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:36
Shom
17:21
Xufton
18:39
Bismillah
14 Yanvar, 2026, 25 Rajab, 1447

Ibratli dunyo

10.02.2017   12310   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Umra plyus» ziyorat turizmi dasturi orqali sayyohlar oqimi oshiriladi

12.01.2026   2345   1 min.
«Umra plyus» ziyorat turizmi dasturi orqali sayyohlar oqimi oshiriladi

«Umra plyus» ziyorat turizmi dasturini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil yakunigacha Turizm qo‘mitasi tomonidan Malayziya va Indoneziyadan «Umra plyus» ziyorat turizmi dasturi (Dastur) asosida sayyohlarni jalb qilayotgan turoperatorlarga har bir sayyoh uchun 100 AQSH dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

2026 yil 15 yanvardan:

  • Malayziya va Indoneziyada Dastur bo‘yicha kuchaytirilgan targ‘ibot kampaniyasi amalga oshiriladi;
  • turoperator (turagent)lar tomonidan Milliy turizm yagona platformasi orqali Dastur bo‘yicha shakllantirilgan turistik dasturining onlayn sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Dasturni amalga oshirish uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘quv-amaliyot laboratoriyasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va Malayziya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida «Turizm va mehmondo‘stlik» ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklar