Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

Umra mavsumida 15 000 000 ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kelishi kutilmoqda

02.12.2016   3396   1 min.
Umra mavsumida 15 000 000 ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kelishi kutilmoqda

Saudiya Arabistonining Makka shahrida 1438 hijriy yil umra mavsumida xorijlik ziyoratchilar uchun 1500 dan ortiq mehmonxonalar tayyorlab qo‘yildi. Saudiya Arabistoni hukumati vakillarini ta’kidlashicha, bu yilgi “kichik haj” ibodatini ado etish uchun 15 000 000 ga yaqin ziyoratchilar tashrifi kutilmoqda. O‘tgan yilgi mavsumga solishtirganda bu yilgi umra ziyoratchilar soni 3 000 000 ga oshganini ko‘rish mumkin.

Joriy Umra mavsumining dastlabki kunlarida mavjud mehmonxonalarning 85 foizi band qilib qo‘yildi. Ayniqsa, Masjidi Haram atrofidagi mehmonxonalarga har yilgidek talab ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida haj va umra mavsumlari hijriy yil hisobida olib boriladi. Bu yilgi umra mavsumi 2016 yil noyabr oyidan 2017 yil iyul oyi boshlarigacha davom etadi.

 Maqsud KARIMOV tayyorladi.

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Videolar

Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

13.06.2025   15222   1 min.
Hojilarimizning ilk guruhini kutib olish jarayonidan lavha

 

MuslimShosh.uz

Dunyo yangiliklari