Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

Sverdlovsk muftiysi: “Biz kerakli saboq va malaka o‘rgandik”

30.11.2016   659   1 min.
Sverdlovsk muftiysi: “Biz kerakli saboq va malaka o‘rgandik”

2016 yil 29 noyabr kuni Rossiyaning Yekaterenburg shahridagi muftiyotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyasi ishtirokida o‘zaro muloqot bo‘ldi. Unda Sverdlovsk viloyati muftiysi Abdul-Quddus Asharin, Ural tog‘-kon universiteti dinshunoslik  kafedrasi mudiri Starostin Aleksey va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, delagatsiya rahbari Ibrohim Inomov so‘zga chiqib, Sverdlovsk viloyati hokimligi va muftiyotiga tashkil etilgan samimiy uchrashuv va suhbatlar uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida Abdul-Quddus Asharin ham O‘zbekiston hukumatiga va diniy idora rahbariyatiga tashakkur bildirib, o‘z so‘zida bunday dedi:

– Terrorchi guruhlarga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish va amalda tatbiq etish juda muhim ahamiyatga ega. Biz ulardan kerakli saboq va malaka o‘rgandik va o‘rganmoqdamiz. Kelgusida O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan yanada keng va samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirishga umid bildiramiz.

Tadbir so‘ngida Sverdlovsk viloyati muftiyoti tomonidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyatiga shahodatnomalar taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Masjidlar bo‘limi

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

23.07.2025   13131   1 min.
Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)

Bugun – chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga turli masalalarda kelgan fuqarolarni qabul qildi. Ularning masjidlar faoliyati, sohani rivojlantirish, moddiy yordam kabi masalalarida qilgan murojaatlari tinglandi. 
 

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va so‘rovlar atroflicha o‘rganilib, Diniy idora vakolati doirasida tegishlilari bo‘yicha mas’ullarga tez fursatlarda hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha) Murojaatlar e’tiborda (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari