Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2026   |   10 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:33
Quyosh
05:05
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:22
Bismillah
24 Iyul, 2026, 10 Safar, 1448

Haj ibodati turlari

29.07.2016   19238   1 min.
Haj ibodati turlari

Haj ibodati uch turlidir:

  1.  Qiron;
  2. Tamattu’;
  3. Ifrod.
  4. Qiron – lug‘atda jamlash, qo‘shish degan ma’noni anglatadi.

 Istilohda esa: Miyqotdan haj va umrani birga ado etish uchun niyat qilib, ehromga kirishdir.

 Miyqotda haj va umra uchun baravar ehrom bog‘lash bo‘lib, hoji umra va haj amallarini bajarib bo‘lganidan keyin, qurbonlik kunlari shaytonga tosh otib, qurbonlik qilib, soch oldirgandan keyin ehromdan forig‘ bo‘ladi. So‘ng  yana umra qilmoqchi bo‘lsa, umra uchun qayta ehrom bog‘laydi, ya’ni bu umra qironga bog‘liq emas.

  1. Tamattu’ – lug‘atda foydalanish, huzur qilish degan ma’noni anglatadi.

 Istilohda esa: haj qilmoqchi  bo‘lgan kishi avval umrani ado etib, ehromdan chiqib, haj vaqtiga qadar ehrom man qilgan narsalardan foydalanish va haj vaqti (Zulhijjaning sakkizinchi kuni) bo‘lganda hajni niyat qilib, ehromga kirish tushuniladi. Ko‘pchilik uchun oson va qulayligini inobatga olib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan yurtimiz hojilari tamattu’ hajini ado etishlari tavsiya qilingan.

  1. Ifrod lug‘atda – ajratish, yakkalatish ma’nosini anglatadi.

 Istilohda esa: faqat hajning o‘zi uchun niyat qilib, ehromga kirish tushuniladi.          

Haj va umra
Boshqa maqolalar

Suv ichishdagi 5 sunnat

23.07.2026   3861   1 min.
Suv ichishdagi 5 sunnat

1. Bismillohni aytish.

2. O‘ng qo‘lda ichish.

3. Dam olib, (idishning tashqarisida) nafas olib, uchga bo‘lib ichish.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam ichimlikda uch marta nafas olar edilar” (Imom Muslim rivoyati).

4. O‘tirib ichish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz tik turib ichmasin”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Doktor Abdurazzoq Kilyaniy aytadi: “Suvni o‘tirib ichish sog‘liq uchun foydalidir. Bunda insonning oshqozoni tinch va bo‘shashgan holatda bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida suvni oshqozonga hech qanday to‘siqlarsiz to‘g‘ri kelib tushishini ta’minlaydi. O‘tirib ichilganda suv avval oshqozonga tushib, kislotali muhit bilan qorishadi, so‘ngra organizmdagi mikroblarni tozalaydi va o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi. Bu inson organizmini turli kasalliklardan himoyalanashiga sabab bo‘ladi. Inson tik turib suv ichganda esa, suv to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka o‘tib ketadi. Bu inson salomatligi uchun zararlidir”.

5. Ichib bo‘lgach, Allohga hamd aytish.

“Albatta, Alloh taolo banda taom yeb Unga hamd aytganidan, ichimlik ichib, Unga hamd aytganidan rozi bo‘ladi” (Imom Muslim rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD