O‘tgan haftada diniy-ma’rifiy sohada ro‘y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:00 Anons
00:53 Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Misr yangi muftiysini qutladilar
01:28 Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi
01:59 Har bir murojaat o‘z yechimini topmoqda
02:33 Diniy ta’lim muassasalariga so‘nggi kirish imtihonlari o‘tkazildi
03:10 Diniy-ma’rifiy suhbat yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi
03:37 Ma’naviyat targ‘ibotchilariga yangi qo‘llanma taqdimot qilindi
04:16 Xushxabar: Shovotdagi “Arab bobo” jome masjidining yangi binosi ochildi
04:52 Ulug‘ bayram arafasida otinoyilar uchun ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
05:20 “Yil imomi – 2024” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazilmoqda
05:48 “Ma’rifat ulashish – eng ezgu amal” shiori ostida 2025 yil uchun obuna mavsumi boshlandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan tarixiy kun. Ushbu qutlug‘ sanaga roppa-rosa 35 yil to‘ldi.
Bayrog‘imiz shunchaki mato emas, u xalqimizning ozodligi, tinchligi va milliy g‘ururini o‘zida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Undagi har bir rang va belgida teran hikmat bor: moviy rang – kuch-qudrat va barqarorlik, oq rang – poklik va beg‘uborlik, yashil rang esa asriy qadriyatlarimiz, ona tabiatimiz va iymon-e’tiqodimiz ramzidir.
Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qonini, hilol — ezgulik, orzu-umidlar va Islom dinini, o‘n ikki yulduz esa mukammallikni, buyuk tariximiz va Sohibqiron bobomizning davlat boshqaruvidagi o‘n ikki tamoyilini anglatadi. Bugun ushbu muborak ramzimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida 193 mustaqil davlat qatorida hilpirab, jahon ahliga O‘zbekiston degan tinchliksevar, hamjihat yurt borligini namoyon etmoqda.
Parvardigori olam jonajon Vatanimiz osmonini hamisha musaffo, xalqimiz hayotini tinch va farovon qilsin! Davlatimiz bayrog‘i dunyo minbarlarida doimo balandlarda hilpirab tursin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati